$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

AQShda nafaqat dislokatsiya, balki guvohnomasini ham so‘ray olmaysiz – IIV

10:02 / 14.04.2022

Joriy yil 12-aprel kuni imzolangan Hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan endilikda haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanishish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda.

IIV mazkur norma yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirining 2018-yil 20-iyundagi 168-son “Yo‘l-patrul xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan postlarning joylashuvi (dislokatsiya) Qoraqalpog‘iston IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi va har chorakda ko‘rib chiqiladi. Ushbu dislokatsiyada postlar va yo‘nalishlar belgilanib, kuch va vositalar taqsimoti ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, dislokatsiyaga ko‘ra YPX xodimi patrullik yo‘nalishi maʼlum postdan tashqari maʼlum masofadagi yo‘llar va bir nechta ko‘chalarda xizmatga jalb qilingan bo‘lishi mumkin.

“Hozirgi kunda ko‘plab yo‘l harakati ishtirokchilari sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida dislokatsiya ko‘rsatilmadi deb vaj qilib, turli instansiyalarga murojaat qilishadi. Dislokatsiya – ichki xizmatda foydalanish uchun belgilangan bo‘lib, uning qaysi hudud, sektorga biriktirilganligi, xodimning rahbarlari tomonidan nazorat qilish uchun chiqarilgan hujjat. Xalqaro tajriba o‘rganib chiqilganda, misol uchun AQSH va Yevropa davlatlarida yo‘l harakati xavfsizligi politsiyasi xodimidan nafaqat dislokatsiya, vaholanki guvohnomasini ko‘rsatishini talab qilish mumkin emas”, – deyiladi vazirlik izohida.

Vazirlikning taʼkidicha, yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘zgartirish ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda kiritilmoqda.

O‘z navbatida, yo‘l harakati ishtirokchilari  YPX xodimining xatti-harakatidan norozi bo‘lgan taqdirda ariza yoki shikoyat tarzida yuqori turuvchi instansiyalarga murojaat qilish huquqiga ega.


Bu ham qiziq

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!