$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekoturizm rivojlantiriladi

07:51 / 09.11.2021

Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda shu boradagi aniq rejalar va erishiladigan natijalar koʻrib chiqildi. Hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini taʼminlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi taʼkidlandi. 

Koʻllar atrofida qoʻshimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu yerda baliqchilikni yanada rivojlantirish kerakligiga urgʻu berildi.

Keltirilishicha, bugungi kunda ushbu hududdan yiliga bor-yoʻgʻi 4 ming tonna baliq ovlanmoqda. Sharoit yaratish va ishlarni tizimli tashkil qilish hisobiga, bu hajmni 20 ming tonnaga yetkazish va bu orqali yangi ish oʻrinlari yaratish mumkin. 

Shu bois, tadbirkorlarni jalb qilib, koʻllarni ijaraga bergan holda, klaster usulida baliq yetishtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shunday loyihalarni koʻpaytirish, kreditlar ajratib, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining ekologik holatini yaxshilash boʻyicha dastur qabul qilish vazifasi qoʻyildi. 

Uning doirasida koʻllar tizimida suv sathini barqaror saqlash va shoʻrlanish darajasini kamaytirish choralari koʻriladi. Qirgʻoqlar boʻyidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.

Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brakonyerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha ham topshiriqlar berildi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!