$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ayrim tijorat banklarida talabalarning “kontrakt puli”dan ham qo‘shimcha komissiya undirishyapti. Bu qanchalik qonuniy asosga ega?

14:37 / 06.11.2021

Shu kunlarda ayrim tijorat banklarida talabalarning to‘lov-kontraktlarini qabul qilishda qo‘shimcha komissiya undirilayotgani aytilmoqda. Jumladan, “Kapitalbank” ATB hamda “Oriyent finans bank” XATBda 0,5 foiz miqdorida, “Agrobank” ATBda esa 2 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov talab qilishmoqda.

Tahririyatga yo‘llangan murojaatlardan birida aytilishicha, “Agrobank” mas’ullari mazkur holatni to‘lovning qisqa muddatda o‘quv muassasasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi bilan izohlagan. Murojaatchi shuningdek, ko‘z oldida talabaning otasi farzandining o‘qishi uchun 10 million so‘m miqdorida to‘lov qilgani va bank xizmatlari uchun qo‘shimcha 200 ming so‘m to‘lov qilganini yozadi. 
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: bu farzandining o‘qishi uchun bor-budini yig‘ib kelib, to‘lov qilayotgan ota-onalarni kuppa-kunduzi shilish emasmi? Bu qanchalik qonuniy asosga ega? 

Xabardor.uz mazkur masalada Markaziy bank mas’ullari bilan bog‘lanib, holat yuzasidan izoh so‘radi.

Tahririyat so‘roviga kelgan javobga ko‘ra, Markaziy bank yoki boshqa biron bir davlat tashkiloti tijorat banklarining ta’rif siyosatiga aralashmaydi. Tijorat banklari  o‘z xizmatlari haqini mustaqil, ya’ni bozordagi talab va taklif asosida belgilaydi.

Shuningdek, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqil ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan, banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga aralashish ta’qiqlanadi. 

Bundan tashqari, ushbu qonunning 62-moddasiga muvofiq, kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operasiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini bank mustaqil belgilaydi.

Ammo, tijorat banklari tomonidan qo‘llanilayotgan ushbu tartib, baribir, qo‘shimcha savollarni tug‘diraveradi: xo‘sh, mazkur tijorat banklari o‘z xizmatlari haqini mustaqil, ya’ni bozordagi talab va taklif asosida belgilayaptimi?..


Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!