$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Bagʻdod tajribasi”: 6 oyda qurib bitkazilgan “Guliston” shaharchasida 1 200 dan ortiq oila uy-joy bilan taʼminlangan

20:34 / 16.11.2021

Avvalroq, AOKA tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan OAV uchun Fargʻona viloyatiga media-tur tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur media-turning ikkinchi kunida OAV vakillarining eʼtibori dastlab, Bagʻdod tumanida yangi barpo etilgan Guliston shaharchasiga qaratildi. 

Oʻz navbatida, taʼkidlash joiz, Prezident tashabbusi bilan boshlanib, “Bagʻdod tajribasi” sifatida eʼtirof etilgan ushbu shaharchada 61 ta koʻp qavatli turar-joy binolari hamda mahalla binosi, kovorking markazi, madaniyat saroyi, poliklinika, maktabgacha taʼlim muassasasi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, sport-sogʻlomlashtirish va koʻplab savdo majmualari qad rostlagan.

Bagʻdod tumani hokimi Vosiljon Nazarovning taʼkidlashicha, markazdan 14 km uzoqlikda qurilgan yangi massiv hisobiga tumandagi 1 ming 200 dan ortiq oila uy-joy bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, shaharcha aholisining bandligini taʼminlash, ular uchun real daromad manbalarini yaratish maqsadida, yondosh hududda har biri 10 sotixdan iborat 1 mingta issiqxona barpo etilmoqda. 

Bu issiqxonalarning 400 tadan ziyodrogʻi egalariga topshirilgan va ular yetishtirilgan dastlabki hosildan daromad olishni boshladilar. Shuningdek, “Muruvvat” kichik sanoat zonasida oʻnlab yangi tadbirkorlik loyihalari ish boshlashi, natijasida 280 dan ortiq ish oʻrinlari yaratildi. 

Tashrif doirasida press-tur ishtirokchilari yangi xonadon egalari bilan suhbatlashdilar; madaniyat markazida sanʼatning turli yoʻnalishlarida iqtidorga ega boʻlgan yoshlarning ijodiy jarayonlari bilan bevosita tanishdilar. Shuningdek, shaharchaga mos tarzda yangi qurib bitkazilgan zamonaviy maktab va bogʻchada yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi. 

Bundan tashqari, yoshlar issiqxona majmuasida yosh dehqonlar tomonidan yetishtirilayotgan poliz mahsulotlaridan tatib koʻrib, sanoat zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatiga qiziqishdi. Press-tur ishtirokchilari Qoʻqon shahrini chetlab oʻtishmadi. Respublika OAV vakillarini qabul qilgan galdagi manzil Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasi boʻldi. 

Bu yerda eksport hajmi va ish oʻrni ortib borayotgan zona faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar borasida maʼlumotlar berilib, bir necha ishlab chiqarish zavodlariga xususan, 275 nafardan ortiq ishchi oʻrni yaratilgan erkaklar kiyimlari ishlab chiqaruvchi korxona hamda yiliga 70 ming dona mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan velosiped zavodiga kichik ekskursiya tashkil etildi.

Umuman olganda 5 000 nafar ishchini tegishli ish oʻrinlari bilan taʼminlab, yil oxiriga qadar bu raqamlarni 6 000 ga yetkazishni maqsad qilgan erkin iqtisodiy zona 2021-yil oxiriga qadar ishlab chiqarish hajmini 1 trln. 800 mlrd. soʻm, eksport hajmini esa minimum 55 mln. AQSh dollariga yetkazishni maqsad qilgan.


Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!