Belgiyalik siyosatchi, avvalroq Belgiya parlamenti Vakillar palatasi deputati boʻlib ishlagan sobiq dzyudochi Jan-Mari Dedekker “Real” yarimhimoyachisi Eden Azar haqida gapirdi.
“Odamlar doimo Azar haqida nolishadi. Lekin bu shunchaki pul va tizimdan semirib ketgan semiz yigit.
Uning Belgiyadagi oʻyinida almashtirilgani, keyin esa stadionni tark etib, gamburger yeganini hali ham koʻrib turibman.
Men uchun bu endi sportchi emas, ertami-kechmi u ketadi. Shunga qaramay, bunday odam har kuni sarlavhalarga aylanadi.
Belgiya Qatarda muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bir qancha futbolchilar allaqachon faoliyatini yakunlash arafasida.
Hatto, De Bryuyne ham maydonda joy uchun kurashishi kerak. Lukaku va Mertens haqida ham shunday deyish mumkin.
Bu keksa avlod. Oʻsha jentlmen murabbiy Martinesning ham Belgiya terma jamoasi bilan safari yakuniga yetmoqda. Psixologik jihatdan qanchalik charchaganini koʻrishingiz mumkin.
Umid qilamanki, men adashyapman, lekin endi Belgiya terma jamoasiga ishonmayman”,- dedi Dedekker.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!