Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa (“suyunchi”) pulini berish tartibi o‘zgartirildi.
Qayd qilinishicha, 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 2 BHM (hozirgi vaqtda 680 ming so‘m) miqdorida beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!