$
12048.04 UZS
-51.14
153.28 UZS
-0.54
14062.47 UZS
-71.79
31° Kechasi 18°

Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan hamkorlikda boshqariladi

14:55 / 01.05.2025

Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqarilishi haqida xabar berilgan edi. 

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Xorazm qadim tarixi va madaniyati bilan turizm jozibadorligiga ega. Hozirgi iqtisodiy ravnaqi tufayli ishbilarmonlik tashriflari ham ko‘paymoqda. Lekin Urganch xalqaro aeroporti aholi va mehmonlar talabiga to‘la javob bermayapti. U soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, xolos. Bu qatnovlarni ko‘paytirish imkonini bermayapti. Shuning uchun bu aeroportni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ko‘zda tutilgan.

Tashrif chog‘ida Mirziyoyevga ushbu loyihaning borishi haqida axborot berildi. 

Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tenderda 8 ta kompaniya orasidan g‘olib bo‘lgan Koreya Respublikasi Inchon International Airport Corporation kompaniyasi prezidenti Inchon xalqaro aeroporti sig‘imi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turishi, servis bo‘yicha yetakchilardan biri ekanini aytdi. Urganch kompaniyaning ikkinchi aeroporti bo‘lishini ta’kidlab, uni yangilash va boshqarish rejalarini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev bunday ilg‘or kompaniya bilan sheriklikdan xursandligini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

“Xorazmda ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar, dam olish va savdo markazlari barpo etyapmiz. Kelajakda sayyohlar oqimini 5 millionga yetkazishni maqsad qilganmiz. Buni aeroport bilan hamohang qilsak, o‘zaro manfaatli bo‘ladi, daromad ko‘payadi”, – dedi prezident.

Xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda samolyotlar olib kelib, tashuvlarni ko‘paytirish bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu sheriklikdan foydalanib, servis bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish, mutaxassislarimizni o‘qitish va malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 223 million AQSh dollari bo‘lib, uning doirasida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yo‘lovchi va yuk terminallari qurish, ICAO talablariga javob beruvchi yoritish-signal qurilmalari o‘rnatish, maxsus texnikalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Qurilish-rekonstruksiya ishlari 2025—2027-yillar davomida amalga oshiriladi. Bularning natijasida aeroport Boeing 747 va Airbus 350 kabi yirik havo kemalarini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Aerovokzalning umumiy maydoni 39 ming kvadrat metrga yetib, soatiga 1 ming 300 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvati yaratiladi.

Bo‘lajak yangi terminal loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezident uning ichki va tashqi qiyofasida milliy ruhni aks ettirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.


O‘zbekiston


														
														Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 15-yanvar, payshanba kuni uchun prognozida qaysi hududlarda yomg‘ir, qor kutilayotganini ma’lum qildi.
12:31 / 14.01.2026

														
														O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari alohida qonun bilan tartibga solinadi

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari alohida qonun bilan tartibga solinadi

Regulyator muddatli to‘lov xizmatlarini qarz oluvchilarning qarz yuklamasini hisoblashga va belgilangan limitlarga rioya qil…
11:55 / 14.01.2026

														
														Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Burxonov, shuningdek, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko…
10:33 / 14.01.2026

														
														Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:11 / 14.01.2026

														
														Bog‘cha bolasi yana kaltaklandi

Bog‘cha bolasi yana kaltaklandi

Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani katakladi.
17:30 / 13.01.2026

														
														Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar joriy etiladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar joriy etiladi

Endi O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarga harbiy qismning oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtihon to…
17:13 / 13.01.2026

														
														Buxorodagi farmatsevtika obyektida qariyb 1,7 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingandi

Buxorodagi farmatsevtika obyektida qariyb 1,7 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 mlrd 695 mln so‘mlik zar…
16:32 / 13.01.2026

														
														14-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

14-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:23 / 13.01.2026

														
														Tailanddagi kater halokatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

Tailanddagi kater halokatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tailand Qirolligining Pxuket orolida sodir bo‘lgan kater halokati va undagi O‘zbekiston Respublikasi fu…
14:47 / 13.01.2026

														
														Farg‘onada 2 396 gektar maydonda turistik-rekreatsion zona tashkil etiladi

Farg‘onada 2 396 gektar maydonda turistik-rekreatsion zona tashkil etiladi

“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
12:25 / 13.01.2026

Bu ham qiziq

Buxorodagi farmatsevtika obyektida qariyb 1,7 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingandi

Buxorodagi farmatsevtika obyektida qariyb 1,7 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 mlrd 695 mln so‘mlik zar…
16:32 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Burxonov, shuningdek, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko…
10:33 / 14.01.2026
Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qiz avtomobil urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qiz avtomobil urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqalgach, Jizzax viloyati YHXB matbuot xizmati ushbu YTH 2025-yil 7-dekabr kuni…
11:42 / 13.01.2026
Toshkentdagi avtoparkda to‘xtab turgan avtobus yonib ketdi

Toshkentdagi avtoparkda to‘xtab turgan avtobus yonib ketdi

Toshkent shahridagi “5-avtobus saroyi” filiali hududida avtobus yonib ketdi.
09:35 / 13.01.2026
Qirg‘izistonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi

Qirg‘izistonda Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi

Qirg‘izistonda Ramazon oyi 18-fevral kuni boshlanadi.
17:57 / 12.01.2026
13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

13-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:31 / 12.01.2026
Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:11 / 14.01.2026
Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 43 dona yangi avtobuslar olib kelindi

Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Sharofiddin-Nurillo”, “Beshkent Qarshi Trans Servi…
15:30 / 12.01.2026
Bog‘cha bolasi yana kaltaklandi

Bog‘cha bolasi yana kaltaklandi

Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani katakladi.
17:30 / 13.01.2026
Gaz qazib olish hajmlarini oshirish va sohani transformatsiya qilish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Gaz qazib olish hajmlarini oshirish va sohani transformatsiya qilish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasida…
17:49 / 12.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!