$
12037.21 UZS
43.68
159.62 UZS
1.1
14071.50 UZS
17.48
31° Kechasi 18°

Bosh prokuratura ish joyida vafot etgan xodimi uchun qariyb 1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

13:51 / 29.03.2022

2021-yilning 26-aprelida Bosh prokuratura binosida – ish joyida 33 yoshida vafot etgan sobiq xodim Samir Rahmonovning otasi Aʼzamjon Raxmonov Bosh prokuraturani sudga bergan edi.

Daʼvogar A.Raxmonovning sudga javobgar Bosh prokuraturaga nisbatan boquvchisini vafoti munosabati bilan nafaqa pulini undirish va maʼnaviy zararni qoplash to‘g‘risidagi daʼvo arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud qarori eʼlon qilindi.

Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati bergan maʼlumotga ko‘ra, sudning 2022-yil 10-martdagi ajrimi bilan daʼvogar A.Raxmanov vafot etganligi sababli uning javobgarga nisbatan nafaqa pulini undirish va maʼnaviy zararni qoplash to‘g‘risidagi daʼvo arizasi ish yurituvidan tugatilgan.

Sudning tashabbusi bilan daʼvogar tomonidan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan N. Raxmanova sudga javobgar Bosh prokuraturaga nisbatan turmush o‘rtog‘ining ish joyida vafoti munosabati bilan voyaga yetmagan farzandlari va o‘zi uchun nafaqa, sug‘urta tovoni va maʼnaviy zarar undirish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bilan qayta murojaat qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2022 yil 28 martdagi hal qiluv qaroriga asosan N.Raxmanovaning javobgar Bosh prokuraturaga nisbatan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan.

Javobgardan N. Raxmanovaning foydasiga 951 275 952 so‘m miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 000 000 so‘m miqdorida maʼnaviy zarar undirilishi hamda davlat foydasiga 76 642 076 so‘m davlat boji to‘lanishi belgilandi.

Qoidaga ko‘ra, hal qiluv qaroriga nisbatan u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.

Apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya instansiya sudining ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilish mumkin.

Ish apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, hal qiluv qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin emas.


Bu ham qiziq

Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronni Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeriga hujum uyushtirishda aybladi. Bu haqda mamlakat Tas…
09:27 / 05.05.2026
Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi
07:32 / 06.05.2026
Qrimga dron hujumi: 5 kishi halok bo‘ldi

Qrimga dron hujumi: 5 kishi halok bo‘ldi

Qrim yarimorolining Jankoy shahrida dronlar hujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov ma’…
12:28 / 06.05.2026
Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish huquqi berildi

Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish huquqi berildi

Shimoliy Koreyada konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, mamlakat yetakchisi Kim Chen In davlat rahbari sif…
14:27 / 06.05.2026
Korxonalarning barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi

Korxonalarning barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni oʻylantirayotg…
17:24 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027-yildan Rossiya elektr energiyasi importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027-yildan Rossiya elektr energiyasi importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027-yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi importini to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda energe…
10:24 / 06.05.2026
Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

O‘zbekistonda tashqi reklama va yozuvlarni joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
15:22 / 06.05.2026
Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

5-may kuni soat 11:13 da Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasid…
13:40 / 05.05.2026
O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish mumkin bo‘ldi.
10:27 / 05.05.2026
Faxriylar” uchun yangi imtiyozlar belgilanmoqda

Faxriylar” uchun yangi imtiyozlar belgilanmoqda

“Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, muayyan soha yoki kasbda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat …
14:02 / 05.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!