$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi” – Tramp

09:54 / 13.02.2025

Tramp avval Putin bilan so‘ngra Zelenskiy bilan telefonlashdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 12-fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti haqida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu muloqot Rossiya va AQSh rahbarlarining so‘nggi uch yildagi ilk suhbati bo‘lgan.

“Prezident Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp yaqinda telefon orqali muloqotni yakunladi. Bu juda uzoq telefon suhbati edi, deyarli bir yarim soat davom etdi”, – degan Peskov brifingda.

Qayd etilishicha, Tramp so‘nggi haftalarda Rossiya Prezidenti bilan gaplashish rejalarini bir necha bor ta’kidlagan. Hozirda Amerika rahbari Ukrainadagi mojaroga katta e’tibor qaratgan va uni tugatishga yordam berish istagini bildirgan.

Suhbat davomida Rossiya Prezidenti esa Trampning Moskva va Vashington birgalikda ishlashi kerakligi haqidagi fikriga qo‘shilishini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya va AQSh yetakchilari telefon suhbatida Yaqin Sharqdagi kelishuv, Eron yadro dasturi va Rossiya-Amerika munosabatlarini muhokama qilgan.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi AQSh Prezidentini Moskvaga taklif qilgan. Putin va Tramp shaxsiy uchrashuv tashkil etishga kelishib olgan.

Putin Tramp bilan suhbatda amerikalik rasmiylarni Rossiyada qabul qilishga, jumladan, Ukraina muammosini hal qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, AQSh Prezidenti Donald Tramp 12-fevral kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan suhbatlashganidan so‘ng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham telefon orqali muloqot qilgan. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qilmoqda.

Amerika yetakchisi telefon muloqotini yaxshi o‘tdi deb baholagan.

“Men hozirgina Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashdim. Suhbat juda yaxshi o‘tdi. U ham, Prezident Putin ham tinchlikka erishishni istaydi. Biz urush bilan bog‘liq ko‘plab mavzularni muhokama qildik, biroq asosan juma kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida gaplashdik. Delegatsiyaga vitse-prezident Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qiladi. Umid qilamanki, ushbu uchrashuv natijalari ijobiy bo‘ladi. Bu bema’ni urushni to‘xtatish vaqti keldi, u behisob va mutlaqo keraksiz o‘lim va vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Xudo Rossiya va Ukrainani asrasin!” – deb yozdi Tramp.

Zelenskiyning maslahatchisi Dmitriy Litvinning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va Zelenskiy taxminan bir soat davomida suhbatlashgan. Zelenskiy telefon suhbati yuzasidan izoh berar ekan, Tramp uni Rossiya Prezidenti bilan avvalroq bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida xabardor qilganini ma’lum qilgan.



														
														Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026

														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!