$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Buxoroda “narkotik” vositalar savdosida gumonlanib IIBga chaqirilgan fuqaro vafot etdi

09:52 / 19.01.2022

Buxoroda “narkotik” vositalar savdosida gumonlanib IIBga chaqirilgan fuqaro vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea 2022-yil 17-yanvar kechki vaqt sodir bo‘lgan va bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasiga xabar berilgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i va tuman hokimi hamda viloyat prokuraturasi tergov-tezkor guruhi chiqqan.

Aniqlanishicha, o‘sha kuni Gʻijduvon tuman ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro F.Q. ariza bilan murojaat qilib, unda hududda giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Asliddin” ismli shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.

Ariza asosida ichki ishlar tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ariza muallifi F.Q.ga 3 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilariga joylashtirilgan 12,61 gramm “marixuanna” giyohvandlik moddasini 1 mln. 350 ming so‘mga sotgan A.R.  ushlangan.

Ashyoviy dalillar bilan ushlangan A.R. bilan o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida u “marixuanna” giyohvandlik moddasini tumandagi “Gʻishti” qishlog‘ida yashovchi I.T.dan (1960 yilda tug‘ilgan) sotib olganligi haqida iqrorlik ko‘rsatuvlarini bildirgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida fuqaro I.T. tumandagi  4-sonli IIBga taklif etilgan.

Ichki ishlar bo‘limiga yetib kelgan I.T.ning sog‘ligi yomonlashgan hamda xodimlar tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordam  chaqirilgan. Biroq, yetib kelgan shifokorlar fuqaro I.T.ning vafot etganini qayd etgan.

Viloyat prokuraturasi bergan dastlabki xulosalarga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi tomonidan 4-sonli IIB ma’muriy binosi, xizmat xonalari va bino yon atrofi ko‘zdan kechirilib, holatga aloqador izlar yoki shubhali holatlar aniqlanmagan.

Bundan tashqari, binoga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilgan hamda ularning xotira moslamalari olib qo‘yilgan.

Shuningdek, I.T.ning  o‘g‘li Sh.T. hodisa joyiga chaqirilib, uning ishtirokida murda ko‘zdan kechirildi. Murdani ko‘zdan kechirish jarayonida  uning murda tanasida tan jarohatlari
yoki uning izlari aniqlanmagan.

Tibbiy ekspertiza birlamchi xulosasiga asosan fuqaro I.T.ning o‘limiga yurak qon tomirlar trombozi, o‘pka yallig‘lanishi oqibatida kelib chiqqan o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotiga ko‘ra, I.T. muqaddam yurak xuruji bo‘yicha davolanib kelganligi hamda jarrohlik amaliyoti orqali bitta buyragi olib tashlanganligi aniqlangan.

Hozirda, fuqaro A.R.dan giyohvandlik moddasi olinganligi holati yuzasidan Gʻijduvon tuman IIB TB tomonidan unga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, I.T.ning vafot etganligi holati yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida, Gʻijduvon tuman IIB xodimlarining harakatlariga qonuniy baho berilishini ta’minlash maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!