$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Chery Tiggo 9 avtomobillarining xalqaro sammiti doirasida o‘tkazilgan krash-testi

17:19 / 30.10.2024

20-oktabr kuni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan Chery shtab-kvartirasida "Tiggo 9 Ultimate Safety Exploration Tour" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kompaniyaning xorijiy xodimlari, dilerlar, yetakchi OAV vakillari, global KOC ishtirokchilari va O‘zbekistondagi Chery avtomobillari rasmiy distribyutori – ADM Global vakillari qatnashdi. Mehmonlar Tiggo 9 avtomobilining akkumulyatorining suvga chidamliligi, kuzovning germetikligi va to‘qnashuv xavfsizligi kabi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganiga guvoh bo‘lishdi. Barcha natijalar sanoat standartlaridan ancha yuqori ekanligi qayd etildi.


Chery brendi bosh direktori va Chery International vitse-prezidenti Chju Shaodun ochilish nutqida shunday dedi: “Xavfsizlik Chery uchun asosiy qadriyatdir. Biz barchaning xavfsizligini ustuvor deb bilamiz. Har bir safar nafaqat harakatlanish, balki yaqinlarimiz uchun xavfsizlik hissini anglatadi. Bizning har bir qadamimiz foydalanuvchilarga yo‘lda ishonchli himoya taqdim etadigan eng xavfsiz avtomobillarni yaratishga qaratilgan."

Suvga chidamlilik sinovi davomida muhandislar ekstremal sharoitlarni yaratishdi: Tiggo 9 akkumulyatori 48 soat davomida chuqur suvga botirildi. Katta ekranda real vaqt rejimida akkumulyatorning germetikligi va elektr izolyatsiyasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar namoyish etildi. Natijalar Tiggo 9 akkumulyatorining suvga chidamlilik darajasi yuqoriligini tasdiqladi va bu uning ekstremal sharoitlarda ishonchliligi va xavfsizligini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, suvda yuqori tezlikda harakatlanish sinovi ham o‘tkazildi. Tiggo 9 chuqur suv sharoitida sinovdan o‘tkazilib, harakat davomida uning germetikligi baholandi. Mehmonlar avtomobilning salonini kuzatuv oynalari orqali kuzatishdi va sinov kuzovning a’lo darajadagi germetikligini tasdiqladi: suv kirish belgisi sezilmadi, elektron va kuchlanish tizimlari mukammal ishlashda davom etdi.


Tadbirning eng muhim qismi ikki avtomobilning qisman oldi to‘qnashuvini simulyatsiya qilgan krash-test sinovi bo‘ldi. To‘qnashuv ovozi va tutun paydo bo‘lishi bilan mehmonlar bir nafasda qoldi, ammo natijalar barchani lol qoldirdi: yo‘lovchilar salonining tuzilishi yaxlit saqlanib, omon qolish uchun zarur bo‘lgan joy himoyalandi. A, B va C ustunlari deformatsiyalanmadi, tutib turish tizimi mukammal ishladi, xavfsizlik kamarlari o‘z vaqtida tortildi, yon va old xavfsizlik yostiqchalari ochilib, yo‘lovchilarni to‘liq himoya qildi.


Yuqori kuchlanish tizimi avariya sodir bo‘lganidan keyin avtomatik ravishda o‘chdi: akkumulyator joyidan siljimadi, suyuqlik sizib chiqishi, tutun va olov holatlari kuzatilmadi, yo‘lovchilarning xavfsizligi ta’minlandi. Yoqilg‘i tizimi ham germetik saqlanib, yong‘in chiqish xavfi oldi olindi. Favqulodda tizimlar ishga tushdi: avariya chiroqlari yoqildi, E-CALL tizimi avtomatik tarzda tez yordamni chaqirdi, eshiklar blokdan chiqdi va tutqichlar ochilib, qutqaruvchilar uchun qulaylik yaratildi.

Tadbirda Chery Tiggo 9 xavfsizligining boshqa muhim xususiyatlari ham namoyish etildi, masalan, yuqori mustahkamlikka ega kuzov konstruksiyasi, qo‘sh himoya to‘siqlari va 85% yon himoya, bu esa avtomobil xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi va haydovchi uchun xotirjamlik yaratadi.

Sinovlar yakunida OAV vakillari va ekspertlar Tiggo 9 xavfsizligini yuqori baholashdi va uning ajoyib xususiyatlarini qayd etishdi. OAV vakillari shunday dedi: "Tiggo 9 xavfsizligi hayratlanarli: akkumulyatorning suvga chidamliligi va kuzovning germetikligi sanoat bo‘yicha yetakchi darajaga yetdi." Yaqin Sharqdagi KOClardan biri qo‘shimcha qildi: "Tiggo 9 xavfsizligi haqiqatda ishonch uyg‘otadi va haydovchilarga ishonchli himoya taqdim etadi."


Tadbirning muvaffaqiyatli yakunlanishi Tiggo 9 ning yuqori xavfsizlik darajasini butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarga namoyish etdi va Chery kompaniyasining o‘z mijozlari xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan sadoqatini tasdiqladi. Chery kelgusida ham eng yuqori ishonchlilik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan avtomobillarni taqdim etishni rejalashtirmoqda, har bir safarni qulay va xavfsiz qiladi.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyasidir. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Chery modellar qatori haqida batafsil ma’lumotni cheryauto.uz saytida topishingiz mumkin. Bepul test haydoviga yozilish uchun Chery Uzbekistan dilerlik markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari:

Qo‘ng‘iroq markazi: +998 71 276 55 55

Veb-sayt: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan


O‘zbekiston


														
														Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026

														
														Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026

														
														O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026

														
														Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026

														
														Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026

														
														AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026

														
														AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026

														
														Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026

														
														Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026

														
														Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!