$
11913.35 UZS
14.26
₽
142.39 UZS
0.86
€
13328.66 UZS
30.24
31° Kechasi 18°

Chiqindidan elektr-energiya olish mumkin

17:43 / 03.11.2023

Yer yuzida toza ekologik muhitni saqlab qolish uchun e’tibor berishimiz kerak bo’lgan yana bir jihat bu chiqindilarni qayta ishlash tizimidir. Negaki, butun dunyo bo’ylab aholi sonining oshishi, ishlab chiqarishning kengayishi, zararli kimyoviy moddalarga ega bo’lgan chiqindilar turi ko’payishi hisobiga atrof muhitning zaharlanishi tezlashyapti. Yuqumli kasalliklar, epidemiyalar, havoning ifloslanishi bu muammolar zamirida ham axlatlarni to’g’ri yo’q qilishga loqayd yetishmasligi turadi.

Ayrim davlatlar chiqindilarni qayta ishlash tizimini yirik biznesga aylantirayotgan bir vaqtda biz hali ham ularni saralab tashlash madaniyatiga ega emasmiz. Shisha, plastmassa, oziq-ovqat mahsulotlarini alohida axlat qutilariga tashlash majburiyati hali ham shakllanmagan. Bunday vaziyatda ularni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati sekinlashishi turgan gap. Keling, agarda biz uyimizdan chiqadigan axlatlarga diqqatli bo’lsak va ularni to’g’ri taqsimlasak qanday imkoniyatlarga, hatto iqtisodga katta foyda keltirishimiz mumkinligini ko’rib chiqamiz.

Chiqindilarni elektr-energiyaga aylantiruvchi zavod


Ayni elektr- energiyasi taqchilligi kuzatilayotgan bir davrda samarali, arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi juda foydali emasmi? Jahondagi turli davlatlarda chiqindilarni qayta ishlash korxonasiga topshirish (pullash) uchun uzoq navbatlar hosil bo’lishini bilasizmi? Hatto chiqindilar eksporti borliginichi?
Shu yili Avstraliya o'z oldiga 2030-yilgacha mamlakatda ishlab chiqariladigan chiqindilarning 80 foizini qayta ishlashni maqsad qilib qo’ydi. Bu degani avstraliyaliklar 2030-yilgi maqsadga erishish uchun har yili qo'shimcha 12,92 million tonna chiqindilarni kamaytirishi yoki qayta ishlashlari kerak bo'ladi. Bu katta ko’rsatgich, lekin avstraliyaliklar soha bo’yicha tajribaga allaqachon ega. Shvetsiya esa shishasining 94 foizini qayta ishlaydi.

Chiqindilarning morfologiyasi

Afsuski, O’zbekistonda bu tizim yo'qligi sababli, mumkin bo'lgan 20-30% foydali chiqindilarning 4-5%gina qayta ishlash imkoni bo’lmoqda. Bu ko’rsatgich yashash joyi bo‘lmagan shaxslar, sanitariya tozalash korxonalari xodimlari, mahalliy makulatura va shisha idish yig‘ish punktlariga chiqindini topshirayotganlar xizmati orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Chiqindixonalar parchalanmaydigan chiqindilar bilan to'ldirilgan. Zavodlarning asosiy vazifasi tabiatga minimal zarar yetkazgan holda malakali va to'g'ri yo'q qilishdir, lekin saralash zavodlarining ishlashi foydasiz bo'lib, poligonlar parchalanishi qiyin bo'lgan axlat bilan tiqilib qoladi, ular parchalanib ketganda yer osti suvlariga zarar yetadi, deydi Navoiy viloyatidagi chiqindi klasteri direktori.

Ma'lumotlarga ko'ra, dunyoning deyarli barcha mamlakatida qattiq maishiy chiqindilar salmog'i aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib bormoqda. Jahonda yiliga faqat maishiy chiqindilarning o'zigina qariyb 6 mlrd. tonnani hosil qilmoqda.

Yaqin kelajakda O‘zbekistonda chiqindilarning hosil bo‘lish hajmi 2 baravarga ko’payishi mumkin. Parlament komissiyasining majlisida Barqaror rivojlanish maqsadlarining 12-maqsadi doirasida O‘zbekiston chiqindilarning hosil bo‘lish hajmini 2030-yilgacha 2 baravarga qisqartirish majburiyatini olgan, lekin bu ko'rsatkich 2030-yilgacha 2 baravarga ko‘payishi ta‘kidlab o‘tilgan.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda respublikada 13 ta sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman va shaharlardagi 174 ta filiali, shuningdek, «Maxsustrans» DUK hamda 101 ta xususiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ammo amaliyotda unumdorlik kutilgan natijani hali ko‘rsatganicha yo‘q.
Progressiv islohotlar markazi ekspertlarining bergan tahlillariga ko‘ra, 2022-yilda O’zbekistonda deyarli 7 million tonna chiqindi hosil bo’lgan.

Hozirda chiqindilar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mamlakatlar bu sohadagi muammolarni yechishni chiqindilarni saralash va tarif siyosatini o’zgartirishdan boshlagan. Biz ham atrof-muhitga, iqtisodga, tozalikka befarq bo‘lmagan holda maktab, universitet va shunga o‘xshagan jamoatchilik joylarida chiqindi saralab solinadigan qutilarni ko‘paytirishimiz kerak. Shundagina ijtimoiy turmush va iqtisodga foyda keltirish barobarida kelajak avlodga ham xizmat qilgan bo‘lamiz.
                                                                                                                                                           

                                                                                                                                                             Muxbir Malika NORBEKOVA

 


Bu ham qiziq

Namanganda 250 mln so‘mdan ortiq pulni kredit va’dasi bilan olgan gumonlanuvchi ushlandi

Namanganda 250 mln so‘mdan ortiq pulni kredit va’dasi bilan olgan gumonlanuvchi ushlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Telegram orqali fuqarolarga kam foizli kredit va’da qilib, ulardan 250 million so‘md…
09:20 / 13.10.2026
O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalar uchun 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish takl…
10:23 / 14.10.2026
O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026
Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026
Finlyandiya Yevropa Ittifoqini rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatishga chaqirdi

Finlyandiya Yevropa Ittifoqini rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatishga chaqirdi

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan bir paytda Yevropa Ittif…
12:30 / 13.10.2026
O‘zbekistonning robototexnika bo‘yicha terma jamoasi a’zolari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning robototexnika bo‘yicha terma jamoasi a’zolari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge” xal…
15:17 / 13.10.2026
Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026
14-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:37 / 13.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!