$
11979.83 UZS
-1.98
164.99 UZS
-0.14
13904.99 UZS
25.26
31° Kechasi 18°

Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

16:17 / 13.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator amaldorlar O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining taniqli namoyandasi, mamlakatning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 12-oktyabr kuni 82 yoshida vafot etgan edi. Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan hamdardlikda ta’kidlanishicha, butun hayotini harbiy sohaga bag‘ishlagan Rustam Ahmedov tank polkida vzvod komandiri, tank diviziyasi siyosiy bo‘limi boshlig‘ining yordamchisi, tank diviziyasi batalyoni komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti kursantlar bataloni komandirining o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. Toshkent oliy tank qo‘mondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik va Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Rustam Ahmedov mudofaa vaziri, birmuncha muddat Milliy gvardiya qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi sifatida faol ish olib borib, milliy armiyani shakllantirish, davlat mudofaa tizimini barpo etish, harbiy kadrlarni tayyorlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatadi. Mudofaa vazirligining Bosh shtabi qayta tashkil etilib, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabiga aylantirildi, harbiy okruglar tuzildi, harbiy qismlarning joylashuv va boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Mudofaa vazirligining boshqa kuch tuzilmalari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

U 1997–1998-yillarda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham samarali faoliyat olib borgan.

Faxriy general, ulug‘ yoshda bo‘lishiga qaramasdan, Yangi O‘zbekistonda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligini oshirish borasidagi ulkan islohotlarni amalga oshirishda mudofaa vazirining maslahatchisi sifatida o‘zining boy bilim va tajribasi bilan faol ishtirok etdi.

“Taniqli harbiy qo‘mondon, samimiy va kamtarin inson Rustam Ahmedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, – deyiladi hamdardlikda.

Rustam Ahmedovning harbiy sohadagi xizmatlari davlat tomonidan taqdirlangan. U O‘zbekiston Respublikasining II darajali “Shon-sharaf” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.


O‘zbekiston


														
														Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara …
10:13 / 16.06.2026

														
														Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay ra…
09:45 / 16.06.2026

														
														O‘zbekistonlik bahodir xalqaro maydonda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik bahodir xalqaro maydonda g‘olib bo‘ldi

Qadimiy Xiva shahrida o‘tkazilgan VI xalqaro Strongmen-bahodirlar o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning final bosqich…
19:39 / 15.06.2026

														
														Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Forum 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi investorlar, xalqaro…
18:18 / 15.06.2026

														
														Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o…
18:08 / 15.06.2026

														
														16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, m…
16:20 / 15.06.2026

														
														Toshkentga kirib kelayotgan 1 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Toshkentga kirib kelayotgan 1 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
16:11 / 15.06.2026

														
														Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay ra…
16:06 / 15.06.2026

														
														Sirdaryodagi mebel sexda yong‘in chiqdi

Sirdaryodagi mebel sexda yong‘in chiqdi

Yong‘indan kuygan va tan jarohati olganlar yo‘q.
13:01 / 15.06.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga tavallud kuni munosabati b…
12:11 / 15.06.2026

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
10:28 / 14.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. S…
14:05 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga tavallud kuni munosabati b…
12:11 / 15.06.2026
So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida Turkiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani qayd etildi.
15:31 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi

Qashqadaryoda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tekshiruv va tezkor tadbirlar davomida qum hamda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazi…
15:39 / 13.06.2026
O‘zbekistonlik bahodir xalqaro maydonda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik bahodir xalqaro maydonda g‘olib bo‘ldi

Qadimiy Xiva shahrida o‘tkazilgan VI xalqaro Strongmen-bahodirlar o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning final bosqich…
19:39 / 15.06.2026
O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish ista…
10:38 / 14.06.2026
JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahs…
09:58 / 16.06.2026
Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o…
18:08 / 15.06.2026
Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga 10 nafar sudya 10 yil muddatga saylandi.
09:30 / 14.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!