$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Chirchiqda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti filiali ochiladi

09:50 / 13.07.2024

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti filiali tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Quyidagilar filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy talablar asosida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarishning uzluksizligi va izchilligi tamoyillari, shuningdek, jahonning nufuzli o‘quv-ilmiy markazlari bilan uyg‘un integratsiyalashuv asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;

zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga ilg‘or hamda masofaviy texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni va ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan amaliyotchilarni jalb etish;

xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish hamda mustahkamlash;

ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi hamda sifatini uzluksiz oshirib borish, xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishini va stajirovka o‘tashini ta’minlash;

fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.

Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.


O‘zbekiston


														
														Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

														
														Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

														
														Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

														
														Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

														
														"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

														
														Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

														
														Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

														
														Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026

														
														Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!