Ta’kidlanishicha, ushbu qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Qayd etilishicha, davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining quyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
– maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
– maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
– maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun 30 yildan va xizmat siri uchun 10 yildan oshmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!