“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berishicha Toshkent metrosi yana 3 ta poyezd bilan to‘ldiriladi.
“Dekabr oyida Toshkent metropoliteni birinchi marta bir kunda bir milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Ushbu quvonchli xabarning davomi sifatida bugun, bayram kunida metro vagon deposiga 3 ta yangi tarkib (12 ta vagon) keltirildi” – deyiladi xabarda.
Ushbu tarkiblar belgilangan yo‘riqnomaga muvofiq 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishga topshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!