Bugun, 31-dekabr kuni soat 07:38 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida joylashgan, ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:51 da qurshab olinib, soat 07:54 o‘chirilgan.
Xabarda, shuningdek, yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanayotgani, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!