Rossiya Federatsiyasi prezidentining kecha imzolagan “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak.
Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!