Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Ukraina TIV rahbari Kuleba va Rossiya TIV rahbari Lavrov o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetdi.
Dimitriy Kuleba nega shu paytgacha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmaganini tushuntirdi.
“Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish rejimini Putinning Ukrainaga qo‘ygan talablarining bajarilishi bilan bog‘laydi. Ukraina taslim bo‘lmagan va taslim bo‘lmaydi”, – dedi Kuleba.
Shuningdek, u Uukraina masalaga diplomatik yechim qidirayotganini, hukumat diplomatiyaga tayyor ekanini taʼkidlagan.
“Biz diplomatiyaga tayyormiz, diplomatik yechim izlayapmiz. Ammo ular yo‘q ekan, biz fidokorona, o‘zimizni qurbon qilib, o‘zimizni himoya qilamiz, odamlarni Rossiya agressiyasidan himoya qilamiz. Umid qilamanki, bugungi format davom etadi”, – deya qo‘shimcha qildi Dmitriy Kuleba.
Sergey Lavrov mazkur muzokarada tomonlar gumanitar masalalarni muhokama qilganini taʼkidlagan bo‘lsa, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba muzokara davomida bo‘lib o‘tgan suhbatni “og‘ir” deb atadi va sulh bo‘yicha muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligini taʼkidladi.
Ikkala davlat TIV rahbarlari muzokarasi uchun tashkilotchi bo‘lgan Turkiya tomoni vakili Chavusho‘g‘li esa Lavrov va Kuleba o‘rtasidagi muzokaralardan “mo‘jizalar kutmaslikka” chaqirdi, biroq bunday siyosiy muloqotni boshlash muhimligini qayd etdi.
Uning fikricha, ushbu uchrashuvining asosiy natijasi vazirlar o‘rtasida “aloqa o‘rnatish”dir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!