$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Disney” eng mashhur multfilmlarning yangi qismlarini tayyorlamoqda

00:41 / 10.02.2023

“O‘yinchoqlar tarixi” (“Toy story”), “Muzyurak” (“Frozen”) va “Zootopiya” singari mashhur animatsion filmlarining davomi yaratiladi. Qayd etilishicha, multfilmlarning yangi qismlari allaqachon ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Disney” (kompaniya 1923-yil 16-oktyabrda tashkil etilgan) bosh direktori Bob Iger kompaniyaning birinchi chorakdagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim qilish chog‘ida ma’lum qilgan.

“Disney” rahbari yaqin vaqt ichida kartinalar haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘lishiga va’da berdi. U, shuningdek, ushbu loyihalarni “betakror brendlar va franshizalarga tayanishning eng yorqin misoli” sifatida baholagan.

Ushbu barcha franshizalarning so‘nggi filmlari katta ekranda global prokat xitlariga aylandi: “Muzyurak 2” 2019-yilda 1,45 milliard dollar daromad keltirdi va dunyodagi eng qimmat animatsion loyihalardan biri hisoblanadi. “Pixar”ning “O‘yinchoqlar tarixi 4” loyihasi esa aynan 2019-yilda butun dunyo bo‘ylab 1,07 milliard dollar mablag‘ “ishlagan” va “Zootopiya” 2016-yilda 1,02 milliard dollar daromad keltirgan.

Taqqoslash uchun, “Disney”ning eng yangi animasion loyihalari davomli bo‘lishi haqida mish-mishlar ham mavjud emas. Chunki “Gʻalati dunyo” animatsiyasi dunyo bo‘ylab 74 million dollardan kamroq, “Enkanto” (2021-yilda “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan) myuzikli esa 256 million dollar “kassa yig‘gan”.

Qayd etish mumkin, “Frozen”, “O‘yinchoqlar tarixi 3”, “O‘yinchoqlar tarixi 4” va “Zootopiya” loyihalari o‘z davrida eng yaxshi animatsion film sifatida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, ularning barchasi dunyodagi eng ko‘p daromad keltirgan multfilmlar top-10 ro‘yxatida mavjud.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!