$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Dissertatsiya tayyorlamasdan PhD darajasini olish imkoniyati yaratilmoqda

09:29 / 02.11.2022

Endilikda dissertatsiya tayyorlamasdan fan doktori unvonini olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari va shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash asosida xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy darajalar to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ekspertizadan o‘tkazmasdan) tan olish;

dissertatsiya tayyorlamasdan oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar kengashlari qarori bilan nashr etilgan yakka mualliflikdagi monografiya taqdimnomasi muhokamasi asosida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qaroriga ko‘ra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish;

dissertatsiya tayyorlamasdan aniq vazifalarni hal etish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalar muallifiga taqdimnomani Yoshlar akademiyasi Kengashning tavsiyasi asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish (tibbiyot fanlari bundan mustasno);

dissertatsiya tayyorlamasdan muayyan tarixiy, siyosiy, arxitektura va san’atshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqot natijalari bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy yangiligi taqdimoti “O‘zbekiston tarixi” telekanalida o‘tkazilgan va ilmiy yangiliklari badiiy yoki hujjatli filmlar ssenariylarida foydalanilganligi bo‘yicha taqdimnoma va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qarori asosida tadqiqot muallifiga o‘rnatilgan tartibda tarix, siyosiy, arxitektura va san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish;

belgilangan talablarga javob bergan holda oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar kengashlari qarori bilan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarni mustaqil ravishda tuzish va xabardor qilish tartibida ro‘yxatga olish uchun OAKga yuborish;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tarkibiga Xirsh indeksi kamida ikki bo‘lgan yukori malakali va tajribali professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi, falsafa doktorini (PhD) kiritish;

dissertatsiyalarni yetakchi tashkilotda qo‘shimcha muhokamadan o‘tkazish tartibini bekor qilish;

barcha fanlar bo‘yicha dissertatsiyalarning ilmiy seminarlardagi muhokamasi va ochiq himoyasini o‘tkazish jarayonini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatish amaliyotini joriy etish (xizmat doirasida foydalanish uchun va boshqa grifli dissertatsiyalar bundan mustasno);

ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda talabgorlarni ilmiy darajada tasdiqlashni “ochiq” ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan holda ilmiy kengashda ovoz berish jarayonini o‘tkazuvchi hisob komissiyasini tuzish va “yopiq” ovoz berish tartibini bekor qilish haqidagi takliflariga rozilik beriladi.


Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!