$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

DXX giyohvandlik moddasining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq qator holatlarni aniqladi (video)

15:52 / 05.11.2021

DXX va DBQ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qozog‘istonlik 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro va Zomin tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro 3,88 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini 32 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 37 yoshli Rossiya fuqarosi hamda 58 va 53 yoshli ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi 9,612 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi bilan, shuningdek, 38 yoshli Tojikiston fuqarosi 1,784 kilogramm opiy va 3,765 kilogramm gashish moddalari bilan ushlangan.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro 10,3 kilogramm opiy moddasi bilan qo‘lga olingan.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan 29 yoshli fuqaro o‘zining Nexia-3 rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahriga ketayotgan vaqtida Ohangaron tumanidagi “Chinor” yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilgan. Biroq u YPX xodimlari talablariga bo‘ysunmasdan qochishga uringanida, sun’iy to‘siq yaratilib, ushlangan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 4,902 kilogramm gashish moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda esa Toshkent shahri tomon harakatlangan Cobalt avtomashina yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini jalb etgan holda Bo‘ston tumanidagi yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yonida 961 gramm opiy moddasi borligi aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida u mazkur narkotikni Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan, 1974-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosidan olgani ma’lum bo‘lib, ushbu shaxs ham ushlangan. Shuningdek, uning yashash manzilida 240 gramm opiy moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida musodara qilingan jami 17 kilogramm 165 gramm opiy va 18 kilogramm 279 gramm gashish giyohvand moddalari Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga jinoyat ishlari nisbatan qo‘zg‘atilgan hamda ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 


Bu ham qiziq

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!