$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Endilikda bo‘sh turgan bino va yer maydonlariga soliq to‘lanmaydi

13:16 / 29.06.2022

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab bo‘sh turgan bino va yer maydonlariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 28-iyun kuni imzolagan “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyulidan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilinadi – bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’ektlari hamda ushbu ob’ektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish bekor qilinadi.

2022-yil 1-iyuldan:

  • majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda beriladi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining faoliyati soliq organlari tomonidan monitoring qilib boriladi va monitoring davomida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi;
  • soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so‘ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to‘xtatib turiladi (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq kelmasligi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganligi holatlari mustasno).

Shuningdek, 2023-yil 1-martga qadar:

  • hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

O‘zbekiston


														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

														
														Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!