O‘zbekistonda kollejlar har bir viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi. Bu haqida Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Xususan, Prezident topshirig‘iga ko‘ra ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilgan. Shu asosda sportchilarni professional tayyorlash bo‘yicha quyidagi tizim joriy etiladi:
- kollejlar har bir viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi;
- markazlar huzurida 5–9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10–11-sinflar va 1–2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo‘ladi;
- bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinib, ta’lim oladi va chuqurlashtirilgan sport bilan shug‘ullanadi;
- ixtisoslashgan sport maktablari bitiruvchilari kollejlarga 1-kursga qabul qilinib, tayyorgarlikning uzluksiz tizimi yaratiladi;
- Sport vazirligi huzurida ilg‘or trener va xorijiy ekspertlardan iborat Murabbiylar kengashi tashkil etilib, musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilarni kollejlarga saralab oladi.
Bundan tashqari, kollej bitiruvchilari Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!