Tojikiston chegarasiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26-noyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston hududidan “Shohin SM” MChJ xodimlariga qurolli hujum uyushtirilgan. Hodisa Xatlon viloyatining Shamsiddin Shohin tumanida joylashgan “Yo‘l” chegara otryadi mas’ul hududda sodir bo‘lgan.
O‘qotar qurol va granatalar bilan jihozlangan dron yordamida amalga oshirilgan hujumda “Shohin SM” MChJning uch nafar xodimi, jumladan, Xitoy fuqarolari halok bo‘lgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda joylashgan jinoiy guruhlar chegara oldi hududlarda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni davom ettirayotganini ta’kidladi. Tojikiston tomoni chuqur tashvish bildirgan holda jinoiy guruhlar harakatini keskin qoraladi. Shuningdek, Afg‘onistonning amaldagi rasmiylarini qo‘shni davlat chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!