$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

14:22 / 15.12.2025

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” agentligi.

Ushbu marosimda qatnashish uchun O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Andijon viloyati hokimiyati, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari hamda O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevning O‘sh shahriga amaliy tashrifi amalga oshirildi.

O‘zbekistonlik mehmonlarni qirg‘iz–o‘zbek davlat chegarasidagi “Dostuk” chegara-o‘tish punktida Qirg‘iziston madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Askarali Madaminov, Prezidentning O‘sh viloyatidagi vakolatli vakilining 1-o‘rinbosari Ilyaz Tashbayev, O‘sh shahar meri Jenishbek Toktorbayev va boshqa rasmiy shaxslar tantanali ravishda kutib olgan.

Alisher Navoiy shohko‘chasi va haykalning ochish marosimida Qirg‘iziston Prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Amankan Kenjebayev boshchiligida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston delegatsiyasi hamda turli OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir Alisher Navoiy haykalini ochish va uning poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar e’tiboriga o‘zbek va qirg‘iz san’atkorlari tomonidan tayyorlangan, Alisher Navoiy ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari va uning g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi taqdim etildi.  

O‘sh viloyati rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari va strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi. Alisher Navoiy haykali ochilish marosimida ishtirok etish uchun O‘sh shahriga O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya tashrifi ikki mamlakat xalqlarining tarixiy va madaniy birodarlik aloqalari va chuqur hurmat belgisi ekanini urg‘uladi.

Shahar meri O‘sh shahrida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i 1968-yilda barpo etilgani va buyuk o‘zbek shoirining shahardagi birinchi haykali ham shu yil o‘rnatilganini hamda 1991-yilda bog‘ atrofidagi ko‘chaga uning nomi berilganini ma’lum qildi. Ushbu ko‘cha shu kungacha uning nomi bilan atalib kelingan. So‘nggi yillarda bu yerda katta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, ko‘cha mavqeyi ko‘tarilib, shohko‘chaga o‘zgartirilganini bildirdi.

Jenishbek Toktorbayevning ta’kidlashicha, xalqlarimiz doim birdamlikda yashab kelgan va bu ahil-inoqlik hozirgacha saqlanib qolmoqda. Joriy yilda O‘sh viloyatiga O‘zbekistondan 1,3 million nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurgan va ushbu raqam xalqlar o‘rtasida birodarlik va do‘stlik aloqalarining tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. 

Tadbir Tashqi ishlar vazirligining Janubiy viloyatlaridagi vakolatxonasida davom ettirilib, o‘zbek–qirg‘iz delegatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning jadal rivoji hamda erishilgan muhim yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish, birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish haqida kelishib oldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining o‘zbek va qirg‘iz xalqlari orasidagi azaliy do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun O‘sh shahri meri Jenishbek Toktorbayevni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoni o‘qib eshittirildi. Ushbu mukofotni O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tantanali ravishda topshirdi.  

Mer Jenishbek Toktorbayev kamtarona faoliyatiga berilgan yuksak baho uchun O‘zbekiston Prezidenti va o‘zbek xalqiga o‘zining chuqur hurmatini izhor etib, o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi tarixiy birodarlik aloqalarini hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida bor kuchini sarflashini ta’kidladi.  

O‘z navbatida, Ozodbek Nazarbekov Alisher Navoiy shohko‘chasini ta’mirlash va haykalini o‘rnatish loyihasini amalga oshirish hamda bugungi tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan tashkilotchilarga O‘zbekiston nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Tadbir davomida elchi Saidikrom Niyozxo‘jayev “Destinatsiya O‘sh” turizm korxonalari jamoat birlashmasi raisi Abduqodir Aliyevga “O‘zbekiston turizm brendining Qirg‘izistondagi elchisi” sertifikatini tantanali ravishda topshirdi.

 


O‘zbekiston


														
														17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistondagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi endi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
17:49 / 03.10.2026

														
														Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib …
15:06 / 03.10.2026

														
														Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bolalar o…
15:00 / 03.10.2026

														
														Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri doir…
14:42 / 03.10.2026

														
														Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri hisoblangan Chilining Atakama cho‘lida 2026-yil boshidagi kuchli yomg‘irlardan so…
10:53 / 03.10.2026

														
														Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026

														
														Flydubai samolyotini egallab olishga urinish vaqtida og‘ir jarohatlangan kapitan Smit Machchhar voqea haqida ilk bor gapirdi.

Flydubai samolyotini egallab olishga urinish vaqtida og‘ir jarohatlangan kapitan Smit Machchhar voqea haqida ilk bor gapirdi.

Hodisa 30 sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan FZ 1073 reysi bortida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki…
09:29 / 03.10.2026

														
														Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning janubiy hududlaridan birida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D.U. vatanga qayt…
09:24 / 03.10.2026

														
														Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026

														
														“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026

Bu ham qiziq

17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistondagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi endi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
17:49 / 03.10.2026
14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026
Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chor…
14:01 / 30.09.2026
Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bolalar o…
15:00 / 03.10.2026
Flydubai samolyotini egallab olishga urinish vaqtida og‘ir jarohatlangan kapitan Smit Machchhar voqea haqida ilk bor gapirdi.

Flydubai samolyotini egallab olishga urinish vaqtida og‘ir jarohatlangan kapitan Smit Machchhar voqea haqida ilk bor gapirdi.

Hodisa 30 sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan FZ 1073 reysi bortida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki…
09:29 / 03.10.2026
Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026
Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026
Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri doir…
14:42 / 03.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!