$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

10:30 / 15.12.2025

“Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

BAAning Dubay shahrida qit’amizning 35 ta davlatidan kelgan 1 ming 500 nafardan ziyod sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan g‘oyat keskin bellashuvlarda sizlar jasorat va matonat fazilatlarini namoyon etib, musobaqalarning chinakam qahramonlariga aylandingiz va O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida yana bir yorqin sahifa ochdingiz.

Ushbu nufuzli sport anjumanida sizlarni ko‘p millatli butun xalqimiz qo‘llab-quvvatlab, barchangizga zafar va omadlar tilab turdi.

Ana shunday yuksak ishonchni sharaf bilan oqlab, 99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Osiyo qit’asida 1-o‘rinni egallab, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilganingiz muborak bo‘lsin!

Turnir davomida O‘zbekiston madhiyasi qariyb 100 marta yangragani sizlarning Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etishga qanday beqiyos hissa qo‘shganingizdan dalolatdir .

Sizlar ulkan azm-u shijoatingiz, bukilmas iroda va intilishingiz bilan Osiyoning milliy sporti jadal rivojlanayotgan Eron, Yaponiya, Tailand, Indoneziya kabi davlatlari jamoalarini ham ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldingiz.

O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlari tarixida bunday rekord natija, bunday buyuk zafar ilgari hech qachon bo‘lmagan edi. Hech shubhasiz, sizlar yurtimiz sportida shonli tarix va an’analar yaratayotgan yoshlar, mohir mutaxassislar sifatida yuksak tahsin va tasannolarga munosibsiz.

Butun xalqimiz, jonajon Vatanimiz sizlar bilan faxrlanadi. Sizlar O‘zbekiston paralimpiya harakatining oltin avlodi, oltin vakillarisiz.

Bunday qahramon yoshlarimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Ayniqsa, para pauerliftingchi o‘g‘il-qizlarimiz Bahriddin Xolbo‘tayev, Elbek Farhodov, Oyshajon Rajabboyeva, Ruxshona O‘ktamova o‘z vazn toifalarida jahon rekordini, Nurillo Inobiddinov, Ezoza Abdujabborova, Azizbek Perdebayev, Ruxshona O‘ktamova, Ziyodaxon Boqijonova, Zuhra Yuldasheva, Gulyuz Nematullayeva esa Osiyo rekordini o‘rnatganlarini alohida ta’kidlash lozim.

Yana bir muhim tarixiy natija – sportchi qizlarimiz Madina Muxtorova, Farog‘at Muxammadqulova, Mohichexra Ibragimova para yengil atletikaning yadro va nayza uloqtirish dasturlari doirasidagi murosasiz bahslarda raqiblariga mutlaqo imkoniyat qoldirmasdan butun medallar jamlanmasini O‘zbekistonga olib keldilar.

Bularning barchasi – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, iste’dod va mahoratingiz, qolaversa, yurtimizda inson qadrini amalda ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarimiz natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Sizlar erishgan ulkan zafar Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday katta marralarni egallashga qodir ekanini amalda yana bir bor ko‘rsatgani bilan ham g‘oyat ahamiyatlidir. Bu g‘alaba, hech shubhasiz, minglab yoshlarimizga g‘urur va iftixor, intilish va ilhom manbai, katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni mana shunday bahodir, dovyurak va pahlavon farzandlar etib tarbiyalagan, ezgu intilishlaringizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalaringiz, mohir va jonkuyar murabbiylaringizga, barcha muxlislaringizga chin dildan minnatdorlik izhor etaman.

Aziz sportchi o‘g‘il-qizlarim,

Qadrli murabbiylar!

Xabaringiz bor, yaqinda mamlakatimizda Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish bo‘yicha maxsus qaror qabul qildik.

Ishonchim komil, ushbu qaror sizlarning kelgusi faoliyatingiz uchun qo‘shimcha ravishda yangi sharoit va imkoniyatlar yaratish, sport olamidagi yutuqlaringiz salmog‘ini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihati – so‘nggi yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligini tuzib, alohida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.

Shuningdek, ushbu tizimda Matonat maktabi hamda sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha institut tashkil qildik.

Natijada adaptiv sport turlaridagi yo‘nalishlar soni 89 taga yetkazilib, yurtimiz mahallalarida ushbu sport turlari bilan doimiy shug‘ullanuvchilar soni 45 mingdan oshdi.

Yurtimizda inklyuziv jamiyat barpo etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimiz albatta izchil davom ettiriladi.

Vatanimizga yuksak mehri va sadoqati, mustahkam iroda va matonati bilan millionlab farzandlarimizga o‘rnak bo‘layotgan sizlardek qahramon o‘g‘il-qizlarimni Yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy g‘alabangiz bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda ulkan omad va zafarlar tilayman”, – deya tabrik matni keltiriladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

 


O‘zbekiston


														
														Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026

														
														Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026

														
														Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026

														
														“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026

														
														AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026

														
														IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026

														
														“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026

														
														Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026

														
														Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026

														
														Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!