$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
16° Kechasi

Farg‘ona 16 nafar fermer yerlaridan “ixtiyoriy” voz kechdi

17:57 / 16.10.2022

Uchko‘prik tumanida fermerlar hokimiyat binosiga chaqirilib, yerlaridan “ixtiyoriy” voz kechish yuzasidan ariza rasmiylashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Prezident Farmoniga asosan joriy yil 1 sentyabrdan boshlab yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risidagi ariza faqat notarial tartibda tasdiqlanishi qat’iy belgilangan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan bekor qilinishi mumkin emas.

“Mazkur tartib fermerlarni majburan yerini topshirtirish, bo‘sh oq qog‘ozga imzo chekdirish yoki fermer nomidan boshqa shaxs imzo qo‘yishi kabi yillar davomida uchrab kelgan amaliyotlarga chek qo‘yish, shuningdek, istalgan paytda fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlarining yerga bo‘lgan huquqlarini har xil yo‘llar bilan bekor qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy etilgan.

Ya’ni ixtiyoriylik shaxsning haqiqatan asl xohish-irodasining ifodasi ekanligini tasdiqlash murakkab huquqiy jarayon ekanligini inobatga olib, bu muhim vazifa notariuslarga yuklatilgan”, – deyiladi xabarda.

Biroq, joriy yilning 13 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimligi binosiga chaqirtirilgan notarius M.E. tomonidan yer ijara shartnomalarini bekor qilinishini so‘rab 16 ta fermer xo‘jaligi rahbarlaridan hokim nomiga yozilgan arizalar tasdiqlagani ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni, notarius va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ham bevosita chaqirtirilgan bo‘lib, arizalarni notarial tasdiqlash hokimlik binosida yuz bergan.

Bundan tashqari, fermerlarning arizalari bilan bog‘liq notarial harakatni amalga oshirish, jumladan davlat boji va boshqa to‘lovlar Uchko‘prik tumani hokimligi xodimi Sh.M. ishtirokida amalga oshirilgan.

Tabiiyki, bunday amaliyot yuqoridagi Farmon maqsadiga, mazmun-mohiyatiga, unda belgilangan tartib va prinsiplarga zid.

Adliya vazirligi ma’muriy binoga chaqirtirilib, hokimlik xodimlari ishtirokida ushbu notarial harakatlarning amalga oshirilishi fermerlarning asl xohish-irodasini ifoda etishiga xalaqit qiluvchi katta to‘siq sifatida qaralishi lozimligini ta’kidladi:

“Qolaversa, 16 ta fermerning bir vaqtda, birvarakayiga yerni topshirish qaroriga kelgani va bir vaqtda ariza yozish maqsadida notariusga murojaat qilish holati tasodif bo‘lishi mumkin emas”.

Shunga asosan Adliya vazirligi tomonidan 13 oktyabr kuni 16 ta fermer xo‘jaligi rahbarlarining arizalarini bekor qilish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu arizalar asosida yerlarni tuman hokimligi zaxirasiga olib qo‘yish amalga oshirilmasligi nazoratga olingan.

O‘z o‘rnida, hokimlik mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berish yuzasidan prokuratura organlariga murojaat qilingan.

“Adliya vazirligi huquqiy munosabatlar barqarorligi, yerga bo‘lgan huquqlarning ta’minlanishi qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun eng muhim shartlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.

Shu munosabat bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslariga qonunchilik hujjatlari talablari, ayniqsa yuqoridagi Farmon mazmun-mohiyatidan kelib chiqib zid faoliyat yuritganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz” , – deyiladi vazirlik munosabatida.

Hurmatli, fermerlar! Agar sizga nisbatan yer huquqlaringizdan ixtiyoriy voz kechish bo‘yicha majburlash yoki boshqa ko‘rinishdagi bosimlarga duch kelsangiz, ya’ni mazkur harakatlar o‘z ixtiyoringizga qarshi amalga oshirilayotgan bo‘lsa, darhol adliya organlariga murojaat qiling!


O‘zbekiston


														
														29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

Aholi soni 37 millionga yetgan bo‘lib, shundan ayollar soni – 18,4 millionni, erkaklar soni – 18,6 millionni tashkil etadi.
10:48 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga n…
10:07 / 28.04.2024

														
														28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
22:37 / 27.04.2024

														
														3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024

														
														O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024

														
														YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024

														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

Bu ham qiziq

AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

Jabrlanganlar to‘g‘risida esa ma’lumot kelib tushmagan.
14:02 / 27.04.2024
Birinchi marta 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Birinchi marta 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Hamda keyingi bosqichga ko‘tarildi.
14:56 / 28.04.2024
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
15:10 / 28.04.2024
O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024
Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin

Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin

“Shuningdek, Netanyaxudan tashqari, mudofaa vaziri Yoav Gallant va SAXAL Bosh shtabi boshlig‘i, shuningdek, Isroil xavfsizli…
09:28 / 28.04.2024
Ayol shifokorlar tomonidan davolanadigan bemorlarning o‘lish ehtimoli kamroq

Ayol shifokorlar tomonidan davolanadigan bemorlarning o‘lish ehtimoli kamroq

Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, erkak va ayol shifokorlar tibbiy amaliyotni boshqacha qo‘…
15:30 / 27.04.2024
Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlariga kirishni ta’minlaydigan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi, deya xabar berdi mamlakat bosh prok…
17:54 / 28.04.2024
Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

U turli xil sanoat jarayonlarida ishlatiladi.
14:54 / 28.04.2024
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Malika Amira 1983-yilning 15-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan.
13:01 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!