Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Farg‘ona viloyatida fuqarolar o‘rtasida janjal bo‘lgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, 13 may kuni Farg‘ona shahri Abdurahmon Jomiy ko‘chasida joylashgan 16-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi qo‘shnilar o‘rtasida xonadonlarning birida it boqish bilan bog‘liq maishiy muammolar oqibatida janjal kelib chiqqan. So‘ng bir nechta qo‘shnilar bir-birlarini xaqoratlab, tan jarohatlari yetkazib, xonadon oynalarini sindirgan.
Hozirda jamoat tartibini buzishda qatnashgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!