Yerevanda Usmonlilar imperiyasidagi armanlar genotsidining 109 yilligiga bag‘ishlangan mash’alali yurish bo‘lib o‘tdi. Aksiya Ozarbayjon va Turkiya bayroqlarini yoqish bilan boshlandi, deb yozadi “Interfaks”.
Marshda “Dashnaktsutyun” arman inqilobiy federatsiyasi yoshlar ittifoqi, Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sarkisyan va muxolifat vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Turkiya va Ozarbayjon davlatlarining yondirilgan bayroqlaridan mash’alalar yoqdilar. Kortej Tsitsernakaberd genotsidi yodgorlik majmuasiga boradi va u yerda tunab qoladi.
Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi. 2021-yilda ishtirokchilar Turkiya va Ozarbayjon bayroqlarini ham yoqib yuborishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!