$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Farg‘onada zavod gazdan uzilishiga norozilik bildirganlar qamaldi

10:14 / 09.12.2022

Farg‘onada zavod gazdan uzilishiga qarshi norozilik bildirganlar qamaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati izoh berdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi “Sho‘rsuv syement” ishchilari murojaat bilan chiqib, zavodda gaz uzib qo‘yilgani ortidan ishsiz va daromadsiz qolib ketgani aytilgan videolar tarqalgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29-noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston tumani, Sho‘rsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.

Joriy yilning 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto‘g‘ri talqin qilib, “o‘zboshimchalik” bilan jamoat tartibiga qarshi nozorilik uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

7-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Bir necha kun avval Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ushbu holatga izoh bergan edi.

“Farg‘onadagi holatga keladigan bo‘lsak, yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz, boshqa alternativ yoqilg‘ida ishlashi mumkin bo‘lgan barcha ob’yektlar havo keskin paytda tarmoqdan uziladi. Bu yerda 10 mingta, deb biroz bo‘rttirib gapirilgan. Bu syement ishlab chiqarish korxonasining 10 ming emas, yuzdan sal oshiqroq ishchilari bo‘lgan.

Hamma biladiki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bor, g‘isht zavodlari, yangidan qurilayotgan syement zavodlar barchasi ko‘mir, ya’ni alternativ yoqilg‘ida ishlashi kerak. Hozir bu zavodni tabiiy gazga kim ulagan, kim ruxsat bergan, buni alohida o‘rganib chiqamiz. Lekin korxona rahbarlari shartnoma shartlariga ko‘ra vaqtida ogohlantirilgan. Ishchilar bilan tegishli targ‘ibot ishlarini olib borishi kerak edi”, – dedi Mirzamahmudov.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!