$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

FVV aholiga murojaat bilan chiqdi

14:07 / 16.10.2023

Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur. Aks holda isitish moslamalari bilan bog‘liq turli noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Mamlakatimizda mavsum davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan Sizlardan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:

- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

- elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

- isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;

- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

- gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

- gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil eting;

- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

- gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering.

Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” yoki “1050” telefon raqamiga xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz, - deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.
17:11 / 02.05.2024
Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchras…
17:23 / 03.05.2024
Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Aniqlanishicha O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
14:08 / 03.05.2024
Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!