Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi bugun, 28-oktyabr kuni Qamchiq dovonidagi to‘xtalish sababini ma’lum qildi.
“Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 250 kmda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida qisqa muddatli tosh tushirish ishlari olib borilganligi sababli 20-30 daqiqaga dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Hozirda ushbu ishlar o‘z yakuniga yetkazilib, dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!