$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

09:39 / 24.10.2026

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 12-sentyabrdagi “Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan sohani isloh qilish, gaz resurslaridan samarali foydalanish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari belgilab berilgan.

Lekin, xalq manfaatidan ko‘ra shaxsiy manfaatini ustun qo‘ygan ayrim soha xodimlari ba’zi fuqarolar bilan til biriktirib, davlat tomonidan ajratilgan gaz ballonlarni asossiz ravishda qimmat narxlarda sotib, daromad topishga urinishmoqda.

Ana shunday salbiy holatlarga chek qo‘yish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zenergoinspektsiya” xodimlari tomonidan joylarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 19-21-oktyabr kunlari respublika bo‘yicha 120 dan ortiq holat fosh etilib, shundan 39 ta holatda gaz idoralari xodimlarining bevosita aloqadorliklari aniqlandi. Tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ziyod gaz ballonlari va ularda saqlanayotgan 13636 kg suyultirilgan gaz mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.

🔹 Xususan, Jizzax viloyatida jami 9 ta holatda 239 ta gaz ballon sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelinayotganligi fosh bo‘ldi. Jumladan, muqaddam Zomin tumangaz ta’minot bo‘limida yuqori lavozimlardan birida ishlagan shaxs o‘zining qarindoshiga tegishli xonadonda 152 ta gaz ballonni yashirincha saqlab kelgan. Qo‘shni Sirdaryo viloyatida ham shu kabi holatlar aniqlanib, birgina Xovos tumangaz bo‘limi mansabdorlaridan birining uyidan hech bir hujjatlarsiz saqlanayotgan 30 dona gaz balloni olindi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumangaz to‘ldirish shoxobchasi qorovuli gaz bilan to‘ldirilgan 3 dona ballonni 2,5 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1972 y.t. fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa, ushbu manzilda gaz bilan to‘ldirilgan 22 ta ballon borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u gaz ballonlarni tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 100 ming so‘mdan sotish bilan shug‘ullangan.

Farg‘ona viloyatida ham hamkorlikdagi reyd tadbirlari o‘tkazilib, Qo‘shtepa tumangaz bo‘limi muhandisi hamda chilangari aholi uchun mo‘ljallangan 8 ta gaz ballonlarini o‘z yashash xonadonlarida noqonuniy sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari fosh etildi.

Mamlakatimizning janubiy mintaqasi hisoblangan Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida noqonuniy saqlovda bo‘lgan jami 65 ta gaz ballon tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Jumladan, Bandixon tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olgan 32 ta gaz ballonni iste’molchilarga qimmat narxlarda sotib, mo‘may daromad topmoqchi bo‘lgan.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumangaz bo‘limi haydovchisining uyidan ham jami 26 ta gaz balloni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bu kabi noqonuniy holatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan va boshqa viloyatlarida ham aniqlandi.

Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi reyd tadbirlari Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa mutassaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi hamda qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmati Call-markazining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.


O‘zbekiston


														
														Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026

														
														"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026

														
														60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026

														
														Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026

														
														Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026

														
														AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026

														
														Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026

														
														O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026

														
														FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026

														
														23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026

Bu ham qiziq

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!