O‘tgan yili Bobi (naslning rasmiy nomi – Rafeyru du Alentuju) haqida jahon ommaviy axborot vositalari ikki marta shov-shuv ko‘tardi: birinchi, Rekordlar kitobi unga dunyodagi eng keksa it maqomini berganida, vafotidan keyin esa u sayyoramizdagi eng uzoq umr ko‘rgan it bo‘ldi.
Bobi 31 yil 165 kun yashab, o‘tgan yilning oktyabr oyida vafot etdi. Bu yoshni inson yoshiga teng deb hisoblasak, u 217 yil yashagan. Hatto, veterinariya shifokorlari ham bunga ishonmaydilar.
“Mening veterinar hamkasblarimning hech biri Bobbi haqiqatan ham 31 yoshda bo‘lganiga ishonmaydi”, – dedi Qirollik veterinariya jarrohlari kolleji kengashi aʼzosi, veterinar Denni Chembers, Britaniyaning “Guardian” gazetasiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ginnesning rekordlar kitobi veterinariya shifokorlari oldida o‘z obro‘sini saqlab qolishni istasa, ishonchli dalillar keltirishi kerak.
Bobbi uzoq umr ko‘rdi, lekin rekord o‘rnatmagan deb hisoblaganlar nega shunday o‘ylashadi?
Portugal mastiflarining o‘rtacha umri 12-14 yil. Veterinarlarning aytishicha, Bobbining o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar uzoq umr ko‘rishini tasavvur qilish qiyin.
Itning uzoq umr ko‘rishiga shubha tug‘dirgan yana bir masala rasmiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq: uning haqiqatan ham 1992-yilda tug‘ilganligini kim, qanday va qachon tekshirgan?
Portugaliyada barcha uy hayvonlari ro‘yxatga olingan Sistema de Informação de Animais de Companhia (SIAC) milliy maʼlumotlar bazasi mavjud.
Wired jurnalistlaridan biri Mett Reynolds rekordchining yoshini tasdiqlash yoki rad etish uchun SIAC bilan bevosita bog‘landi.
Uning olgan javobi vaziyatga oydinlik kiritish o‘rniga hamma narsani chalkashtirib yubordi.
“Biz Bobi ismli it SIACda 2022-yil 3-iyulda ro‘yxatga olinganligini tasdiqlashimiz mumkin. Hayvon egasi 1992-yilda tug‘ilganini aytdi, ammo bizda buni tasdiqlash yoki rad etish uchun hech qanday maʼlumot yo‘q”, – deb yozadi SIAC koordinatori Euriko Kabrala maktubida.
Itning hurmatli yoshi yoki uning sobiq egasining aldaganligi to‘g‘risida ishonchli dalil yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, chunki barcha shubhalar itning qoldiqlari krematsiyalangandan keyin tug‘ilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!