$
12196.00 UZS
3.94
151.74 UZS
8.74
14141.26 UZS
144.78
31° Kechasi 18°

Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirilgan

17:12 / 28.11.2024

Davlat rahbariga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi.

O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Konstitutsiyamizda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Ming shukrki, yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti hukm surmoqda. Barcha din vakillari ibodat amallarini emin-erkin ado etmoqda.

Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta Prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Xususan, yurtimiz musulmonlari uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Diniy tashkilotlar uchun bino qurilishiga yer ajratish tartibi joriy qilindi.

Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi. Keyingi yetti yilda 60 mingdan ziyod yurtdoshimiz haj amallarini bajardi. Umra safarlarini tashkil qilish qonuniy tartibga solindi.

Sohada malaka va ilm masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy-tadqiqotlarga zamin bo‘lmoqda. Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy o‘rta maxsus ta’lim muassasasida malakali mutaxassislar tayyorlanyapti. Shuningdek, 30 ming fuqaro “Qur’oni karim va tajvid” kurslarini tamomladi.

Qabristonlarni obod qilish – savobli ish. So‘nggi yillarda Abu Iso Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Sulton Uvays Qaraniy, Suzuk ota yodgorlik majmualari obod qilindi. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazida bunyodkorlik davom etmoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ham 90 ta ziyoratgoh ta’mirlanib, obodonlashtirildi.

Islom ma’rifatini keng yoyish va tajriba almashish maqsadida xalqaro aloqalar ham kengaytirilmoqda. Jumladan, bu yil yurtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” hamda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazildi.

Ma’lumki, bugun kibermakonda xavf-xatarlar kuchayib bormoqda. Chegaralar va qonunlarni tan olmaydigan internet tarmoqlari orqali radikal g‘oyalar ham kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholining nisbatan zaif qatlamlari, jumladan, yoshlar turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolayotgani afsuslanarli. Butun jamoatchilik bundan ogoh bo‘lishi, ulamolar va nuroniylar to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi kerak. 

Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari tajribasi asosida mahallalarda “Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari” tuzilgani bunda muhim o‘rin tutmoqda. Yurtimiz hojilarining “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan tashabbusi ham ijtimoiy vaziyatni yaxshilashda ijobiy qadam bo‘ldi.

Bunday xayrli ishlarni davom ettirib, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ilm-u hunarga chorlash muhimligi aytildi. Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mamlakatimizdagi diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

Ushbu tashabbus doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilmoqda.
11:39 / 25.03.2026

														
														O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Vafot etganlar orasida 2008-yilda tug‘ilgan bola ham bor.
09:51 / 25.03.2026

														
														Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Maydoni 32 gektar bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi Yangi Toshkentning muhim jamoat va madaniy makonlaridan biri bo‘lishi …
09:20 / 25.03.2026

														
														25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:46 / 24.03.2026

														
														“Sirdaryo” chegara posti orqali Qozog‘istonga o‘tish tiklandi

“Sirdaryo” chegara posti orqali Qozog‘istonga o‘tish tiklandi

Endilikda fuqarolar uchun chegaradan o‘tish jarayonlari yanada yengillashtirilib, qulay va tezkor harakatlanish imkoniyati y…
15:18 / 24.03.2026

														
														Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
11:46 / 24.03.2026

														
														Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi ayrim reyslar bekor qilindi

Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi ayrim reyslar bekor qilindi

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga chiptalarni bepul qayta rasmiylashtiris…
09:44 / 24.03.2026

														
														Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi

“O‘zgidromet” 24-mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
09:16 / 24.03.2026

														
														“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026

														
														Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari to…
17:28 / 23.03.2026

Bu ham qiziq

Kim Chen In KXDR prezidenti lavozimiga qayta saylandi

Kim Chen In KXDR prezidenti lavozimiga qayta saylandi

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat prezidenti lavozimiga qayta saylandi, deb xabar bermoqda Koreyaning Markaziy telegraf a…
09:24 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari to…
17:28 / 23.03.2026
Eronda eng yirik 10 mln rial nominaldagi banknotalar muomalaga kiritildi

Eronda eng yirik 10 mln rial nominaldagi banknotalar muomalaga kiritildi

Endilikda bu Eronda muomalada bo‘lgan eng yirik nominalli banknota bo‘lib, fevral boshida chiqarilgan 5 million rial (3,8 do…
16:40 / 21.03.2026
“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026
Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
11:06 / 22.03.2026
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan te…
18:06 / 24.03.2026
Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:42 / 23.03.2026
Isroilning Erondagi tartibsizliklarga tayanishi samara bermadi – OAV

Isroilning Erondagi tartibsizliklarga tayanishi samara bermadi – OAV

Gazetaning yozishicha, Amerika razvedkasi mojaro boshlanishidan oldin ham Eron hukumatining butunlay qulashi ehtimolini nisb…
12:38 / 23.03.2026
23-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yo…
22:22 / 22.03.2026
O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘rtachirchiqda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Vafot etganlar orasida 2008-yilda tug‘ilgan bola ham bor.
09:51 / 25.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!