BBC xabar berishicha, Pokiston bugun, 27-fevral kuni tunda Afg‘onistonning Kobul va Qandahor shaharlariga aviazarbalar bergan.
Pokiston bosh vaziri matbuot kotibi Mosharraf Zaydiy hujum oqibatida hozirgacha 27 ta “Tolibon” harbiy posti vayron qilingani, to‘qqiztasi egallab olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, 80 dan ortiq tank, artilleriya va qurolli transport vositalari yo‘q qilingan. “Pokistonning tajovuzga zudlik bilan va samarali javob qaytarishi davom etmoqda”, – dedi u.
Zaydiy hozirgacha jami 133 nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘lgani, 200 dan ortiq kishi yaralanganini bildirgan.
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif “Tolibon” hukumatiga qarshi “ochiq urush” e’lon qildi. “Pokiston mavjud vositalar va do‘stona mamlakatlar orqali vaziyatni normal ushlab turish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. U to‘laqonli diplomatiya bilan shug‘ullandi. Sabr kosamiz to‘ldi. Endi siz bilan bizning oramizda ochiqdan ochiq urush ketyapti”, – dedi Pokiston mudofaa vaziri.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!