Bugun, 1-mart kuni Ali Rizo Arofiy Eron rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
67 yoshli Ali Rizo Arofiy boshqaruv kengashi a’zosi etib tayinlandi, unga vaqtincha oliy rahbar vazifasini bajarish topshirildi. U Prezident Mas’ud Pezeshkiyon va Oliy sud raisi Golamhossein Mohseni Ejei bilan birga boshqaruv kengashi tarkibiga kiradi.
Arofiy davlat idoralarida tajribaga ega ruhoniy, shuningdek, Xomanaiyning ishonchli vakili. Tayinlovga qadar u Ekspertlar assambleyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan va nufuzli Posbonlar kengashi a’zosi bo‘lgan, shuningdek, Eron diniy ta’lim muassasalari tizimini boshqargan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!