$
12192.06 UZS
13.21
143.00 UZS
-3.54
13996.48 UZS
-56.7
31° Kechasi 18°

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

18:06 / 24.03.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga oʻsib, 13 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa yana 32 foizga koʻpaydi.

Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning samarali faoliyatiga yuksak baho berildi.

Tomonlar kooperatsiyaning yangi shakl va loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydonga aylangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasining navbatdagisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida oʻtkazishga faol tayyorgarlik koʻrayotgani taʼkidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.


Bu ham qiziq

Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua Ramazon Hayit bayrami arafasida xalqimiz va keng jamoatc…
21:09 / 20.03.2026
AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati allaqachon 25 mlrd dollardan oshgan. Ushbu …
08:06 / 21.03.2026
AQSh Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi

AQSh Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi

AQSh moliya vaziri Scott Bessentning aytishicha, allaqachon kemalarga yuklangan Eron nefti va neft mahsulotlarini yetkazib b…
14:14 / 21.03.2026
Isroilning Erondagi tartibsizliklarga tayanishi samara bermadi – OAV

Isroilning Erondagi tartibsizliklarga tayanishi samara bermadi – OAV

Gazetaning yozishicha, Amerika razvedkasi mojaro boshlanishidan oldin ham Eron hukumatining butunlay qulashi ehtimolini nisb…
12:38 / 23.03.2026
“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Kuni kecha, taxminan soat 11:30 lar atrofida “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruv yo‘qotishi oqibatida yu…
14:40 / 23.03.2026
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026
Rossiyadagi vaqtinchalik saqlash markazidan bir guruh o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Rossiyadagi vaqtinchalik saqlash markazidan bir guruh o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
15:06 / 22.03.2026
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi

“O‘zgidromet” 24-mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
09:16 / 24.03.2026
Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
11:46 / 24.03.2026
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan te…
18:06 / 24.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!