$
12141.38 UZS
15.28
160.26 UZS
1.15
14313.47 UZS
141.7
31° Kechasi 18°

Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi

09:34 / 17.02.2026

Shavkat Mirziyoyevning 16-fevral kungi farmoni bilan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Hilola Umarova 1988-yil 9-avgust sanasida Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. U 2010-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichi, 2013-yil esa ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

Faoliyati davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri lavozimida ishlagan. 2020-yil oktyabrda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga rahbar etib tayinlangan.

U 2022-yil dekabridan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida ishlagan. 2025-yil iyul oyida prezident farmoni bilan   Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Umarova “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 


Bu ham qiziq

Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Qirgʻizistonda qishloq nomlari qirgʻiz tiliga oʻzgartiriladi

Sadir Japarov Qirgʻizistonda qishloq nomlarini oʻzgartirish tashabbusini ilgari surdi. Unga koʻra, mamlakatdagi rus tilidagi…
11:02 / 15.04.2026
Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026
Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari futbol ittifoqi prezidenti lavozimini tark etishini ma’lum…
14:40 / 15.04.2026
Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Bu haqda, Aziz Obidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
12:02 / 14.04.2026
So‘nggi 9 yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi

So‘nggi 9 yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Respublika va viloyat studiyalaridan yig‘ilishda…
16:56 / 14.04.2026
Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida …
11:43 / 15.04.2026
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026
Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026
14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:50 / 13.04.2026
Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!