$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hindiston O‘zbekistonda tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashi mumkin

15:09 / 24.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan Hindistonning yetakchi universitetlari rahbarlari bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Videokonferensiyada 2019-yilda Toshkent shahrida o‘z filialini ochgan AMITI universiteti, Andijonda ham 2019-yildan beri filiali faoliyat yuritayotgan Sharda Group va shu yilning iyul oyidan Jizzaxda o‘z filialini tashkil etgan Sambhram Group rahbariyati ishtirok etgan.

Muzokaralar chog‘ida ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali sheriklik borasida salmoqli salohiyat mavjudligi, shuningdek, Hindiston ta’lim muassasalari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqayotganligi qayd etilgan.

Xususan, Hindiston universitetlarining O‘zbekistondagi filiallarida tibbiyot fakultetlari va tegishli klinikalarni ochish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Hindiston tomoni jarrohlik, ortopediya, radiologiya, dermatologiya, oftalmologiya, pediatriya va psixiatriya kabi sohalarda sog‘liqni saqlash sohasida mutaxassislarni tayyorlashga qiziqish bildirgan. Talabalar keyinchalik O‘zbekistonning ixtisoslashtirilgan muassasalarida ish bilan ta’minlanadi. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Hindistonning ilg‘or texnologiyalari asosida xaridorgir dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari alohida muhokama qilingan. Shuningdek, Hindistonning boshqa bir qator kompaniya va universitetlari mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlarini tashkil etishga qiziqish bildirgani muhokama qilingan.

O‘zbekiston tomoni qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini joriy etishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirib o‘tgan. O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralarini jalb qilgan holda istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar hamda o‘zaro hamkorlik olib borishning shakli belgilangani qayd etilgan. 


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!