$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hindiston Toshkentda yangi tibbiyot markazi quradi

12:28 / 04.03.2024

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning “North East Healthcare/Srishti Hospitals” kompaniyasi bosh ijrochi direktori, Samarqand shahridagi “Zarmed Pratiksha” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma shifoxonasi asoschisi Nishant Bajaj bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida, jumladan, tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyaviy munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha yaratilgan qulay muhit ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga asos bo‘layotgani ta’kidlandi.

Nishant Bajaj O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil Hindistonga rasmiy tashrifi doirasida ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi yakunlaridan ruhlanib, Samarqand shahrida tibbiyot yo‘nalishidagi “Zarmed Rratiksha” qo‘shma korxonasining xorijlik ta’sischisi bo‘lgan.

Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida jarrohlik amaliyoti xonalari, 100 o‘rinli statsionar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Intervension kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, endoskopik jarrohlik, ortopediya va travmatologiya, urologiya va ginekologiya, otolaringologiya faoliyat turlari uchun zamonaviy diagnostika uskunalari o‘rnatilgan. Bir vaqtning o‘zida 600 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Tibbiy xizmatlar xalqaro standartlar asosida kompleks tarzda ko‘rsatilmoqda.

Hindistonlik tadbirkorning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mazkur qo‘shma korxonaning Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diagnostika markazlari tashkil etilgan. Joriy yil Toshkent shahrida yangi tibbiyot markazini bunyod etish bo‘yicha tashkiliy masalalar o‘rganib chiqilmoqda. Shu maqsadda 2 million dollar atrofida xorijiy investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislarining Hindistonning yetakchi tibbiyot muassasalarida malaka oshirishi, tajribali hind vrachlarining Samarqand shahridagi qo‘shma shifoxonada muntazam faoliyat yuritishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!