$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hindistonda O‘zbekiston 2024-yildagi yettita eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritildi

15:19 / 20.02.2024

Hindistonning ixtisoslashgan “Travel Links” jurnali O‘zbekistonni 2024-yildagi yettita eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“Osiyoning sirli marvaridlarini kashf qiling. Yaqin Sharq va undan tashqaridagi 7 ta eng yaxshi yo‘nalish” sarlavhali maqola muallifi mazkur nashr 2024-yilda sayohat qilish uchun yettita yashirin marvaridni tavsiya qilayotgani haqida so‘z yuritgan. Ushbu yo‘nalishlar sayyohlarni maftun etib, hayratda qoldirishi, madaniyatlar, an’analar va tabiat kengliklari go‘zalligiga sho‘ng‘ib ketish uchun imkoniyat berishi ta’kidlangan.

“Biz tanlagan marvaridlar Yaqin Sharq bozorlarining gavjum ko‘chalaridan tortib, Uzoq Sharqning sokin vohalarigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olib, sayohat qilish tajribangizni qayta anglashga undaydi”, deyiladi maqolada.

Maqolaning O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan bo‘limi “O‘zbekiston: Ipak yo‘li mo‘jizalari va me’moriy ulug‘vorlik”, deb nomlangan.

“Sayohatchilar Buxoroning qadimiy ko‘chalarida kezib, uzoq o‘tmishga, qadimiy davrlarga sho‘ng‘ishi, O‘zbekistonning serqirra va afsonaviy tarixiy jarayonlarda shakllangan yorqin madaniy o‘ziga xosligini kashf etishi mumkin”, deb qayd etgan hind jurnalisti.

Uning fikricha, sayyoh ko‘z o‘ngida Buxoroning qadimiy ulug‘vorligi gavjum bozorlar ichra kezganda yoki shaharning muborak madrasa va masjidlarini ziyorat qilganda to‘la gavdalanadi. Tarixning ushbu jonli guvohlari Markaziy Osiyoning marvarid shahri haqida chuqurroq tasavvur shakllantiradi.

“Qadimiy Xivaga tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy va betakror merosini ifodalab turgan mo‘jizalarni taqdim etuvchi ochiq osmon ostidagi jonli muzeyni kashf etasiz”, deb urg‘ulagan muallif.

Maqolada Xiva shahridagi qadimiy inshootlarning go‘zalligi, asrlar sinovidan o‘tgan bardavom bunyodkorlik an’analari ochib berilgan. Jurnal me’moriy yodgorliklarning sehrli tashqi ko‘rinishlaridan tashqari, Xiva devorlariga singib ketgan tarixiy rivoyatlarga ham chuqur kirib borish zarurligini ta’kidlangan. Bunday munosabat qadimiy va go‘zal shahar saqlab kelayotgan boy madaniy dunyoni kashf qilishga yordam beradi.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!