$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Homilador qo‘shnisini o‘ldirgan farg‘onalikka hukm o‘qildi

09:36 / 02.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi 29 yoshli Ulug‘bek Nizomov internetdagi “1xbet” qimor o‘yinlarida katta miqdordagi pulni yutqazib, uni to‘lash maqsadida qo‘shnisining homilador kelinini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqalgan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan qotillikka qo‘l urgan shaxsga sud hukmi bilan 20 yil qamoq jazosi tayinlandi.

“Qorasoqol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bu yigit o‘tgan yilning yoz oylaridan boshlab internet orqali muntazam qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar o‘ynab kelgan. Buning natijasida 100 million so‘mdan ortiq pul yutqazib, ko‘p miqdorda qarzdor bo‘lib qolgan.

2021-yilning 22-iyun kuni u qarzlarini to‘lash uchun qo‘shnisi O.Q.dan 2 ming dollar qarz olgan. Qo‘shnisining yaxshilik qilib pul bergani Ulug‘bekning halovatini buzdi. Qo‘shnimning uyida ko‘p miqdorda pul bo‘lishi mumkin degan taxmin uni tinch qo‘ymadi. U 23-iyun kuni soat 10:00 larda qo‘shnisinikida hech kim yo‘qligidan foydalanib o‘g‘rilikka tushadi. Xonadondagi mol-mulklarni yashirincha qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘shnisining homilador kelini kelib qoladi. U. Nizomov qilmishi oshkor bo‘lishidan qo‘rqib qo‘shni kelinga pichoq bilan hujum qilgan, tanasining turli sohalariga tan jarohatlari yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Ayol ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

2021-yil 23-iyun kuni mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan U.Nizomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b”, “i” bandlari (homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni tamagirlik niyatida qasddan o‘ldirish), 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari (uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda badanga og‘ir shikast yetkazib, bosqinchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining hukmi bilan U.N. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b”, “i” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan aybli deb topilib, unga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!