$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hududlarda 770 ta sotishga tayyorlangan aktivlar byudjetni qariyb 10 trillion soʻm tushim bilan taʼminlaydi

21:51 / 08.11.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni davlat obyektlarini xususiylashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda iqtisodiyotda davlat ishtiroki kamaytirilib, xususiy tadbirkorlik rivojiga keng oʻrin berilayotgani qayd etilib, 2021-2022-yillarda davlat ulushi boʻlgan korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartirish rejalashtirilgani, joriy yilda esa 4 trillion 500 milliard soʻmlik 619 ta davlat aktivi sotilgan maʼlum qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Davlat rahbari xususiylashtirishning yangi usullarini joriy etish va uning barcha bosqichlarida ochiq-oshkoralikni taʼminlash eng asosiy masala ekanini taʼkidladi.

Xususiylashtirilayotgan korxonalarning moliyaviy barqarorligi va investitsion jozibadorligini oshirish muhimligi qayd etildi. Shu maqsadda, nufuzli xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, yirik tarmoq korxonalarini xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Shu oʻrinda, strategik korxonalar boshqaruviga xalqaro malakaga ega menejerlarni jalb qilish zarurligi aytildi. Qiymati 10 million dollardan yuqori boʻlgan aktivlarni sotish jarayonida takliflarni qabul qilish va ularni baholash mustaqil xorijiy konsultant tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Keltirilishicha, kelgusi yillarda 32 ta yirik davlat aktivini sotish, “Oʻzsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirish, davlat korxonalarining 368 ta nosohaviy va samarasiz aktivlarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, hududlarda 770 ta aktiv sotishga tayyorlangan. Bular orqali byudjetga qariyb 10 trillion soʻm tushum taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Mutasaddilarga shu boradagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev davlat korxonalariga strategik investorlarni jalb qilish, faqat mavjud quvvatlarni ishlatish bilan cheklanmasdan, korxonalar faoliyatini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Misol uchun, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida uchta alohida korxona tashkil etgan holda, “kimyo sanoati klasteri” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu klaster infratuzilmasini boshqarish uchun tajribali xususiy operator jalb qilinadi.

Prezident investorlar sarmoya kiritish bilan birga yangi loyihalar taklif qilishi, zamonaviy bilim va texnologiyalarni olib kelishi muhimligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga, shularni inobatga olgan holda, 2022-yil uchun xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!