$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

IHT Xivani 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qildi (foto)

10:45 / 29.06.2022

Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e’lon qilindi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) g‘alabaning asosiy omillari sifatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan turizm sohasida yuritilayotgan ochiqlik siyosati, viza rejimining soddalashtirilishi, madaniy merosni saqlash, tarixiy shaharlarni obodonlashtirish kabi ko‘plab islohotlarni e’tirof etgan.

Shuningdek, Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani alohida qayd etilgan. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholangan.

“Islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xorazm viloyatining Xiva shahrida IHTga a’zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma’muriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi.

2018-yilda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, – dedi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari – Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.
Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yilgan bo‘lib, bular:

  • Abu-Dabi (BAA);
  • Shanliurfa (Turkiya);
  • Laos (Nigeriya);
  • Dushanbe (Tojikiston);
  • Xiva (O‘zbekiston).

So‘nggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada g‘oliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bu yo‘nalishda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida Xiva shahrining “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi.

Ta’kidlash joizki, g‘alabaga erishish yo‘lida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi 2019-yildan buyon tizimli ravishda ish olib bormoqda, ya’ni bu orada Xiva shahri nomzodi kiritilib, IHTga a’zo davlatlar bilan tegishli ishlar olib borilgan – IHT davlatlarining turistik ma’muriyati rahbarlari bilan onlayn uchrashuvlar, muzokaralar va taqdimotlarning o‘tkazilishi shular jumlasidandir”, – deyiladi vazirlik xabarida.


Bu ham qiziq

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!