$
11801.23 UZS
-22.46
136.73 UZS
-3.01
13737.81 UZS
-59.25
31° Kechasi 18°

Ikki yirik arab kompaniyasi Talimarjon IES modernizatsiyasi uchun sarmoya kiritadi

17:01 / 09.09.2022

Birlashgan Arab Amirliklarining ikki yirik kompaniyasi – “Mubadala” va “TAQA” Talimarjon IESni modernizatsiya qilish uchun 1 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda bugun Toshkent shahrida BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxeyl al-Mazrui, ikki kompaniya rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Hojiyev, energetika vaziri, “Milliy elektr tarmoqlari” va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari ishtirokidagi tadbir vaqtida maʼlum qilindi.

BAA kompaniyalarining sarmoyasi qoʻshma korxonaning 300 million dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz ulushi uchun toʻlov hamda ilgari “Talimarjon IES” AJ tomonidan jalb qilingan taxminan 700 million dollarlik kreditlarni toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan iborat.

Maʼlumot uchun, “Mubadala” Abu-Dabi hukumatiga tegishli boʻlgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning umumiy aktivlari 250 milliard dollardan oshadi.

“TAQA” esa ADQ investitsiya holdingiga tegishli boʻlgan va dunyoning 11 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan energetika sohasidagi kompaniya sanaladi. Kompaniya aktivlarining umumiy qiymati 80 milliard dollardan oshadi.


Bu ham qiziq

“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

“Ukraina mudofaasi uchun 27 milliard dollar yetishmayapti” — Yevgeniy Xmara

Ukrainada mudofaani moliyalashtirish uchun 27 milliard dollar miqdorida mablag‘ taqchilligi yuzaga kelgan. Bu haqda Ukraina …
00:09 / 31.08.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Davlatimiz rahbari halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarning tez fursatda sog‘…
09:43 / 28.08.2026
O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — yangilanib, dadil taraqqiyot sari odimlayotgan mamlakatimizning ulug‘ ayyomidir!

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni — yangilanib, dadil taraqqiyot sari odimlayotgan mamlakatimizning ulug‘ ayyomidir!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” deb e’lon qildilar.
22:35 / 31.08.2026
Ispaniyadagi muzeydan 10 kilogrammlik qadimiy xazina o‘g‘irlandi

Ispaniyadagi muzeydan 10 kilogrammlik qadimiy xazina o‘g‘irlandi

27-avgust kuni ertalab noma’lum shaxslar Ispaniyaning Vilena shahridagi MUVI muzeyiga bostirib kirib, 3 ming yildan ortiq ta…
09:56 / 28.08.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisiga hamdardlik bildirdi

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayi…
09:36 / 28.08.2026
Ertaga, 29-avgust ob-havo ma’lumoti

Ertaga, 29-avgust ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s g…
17:07 / 28.08.2026
Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Qirg‘in ostidagi “Love story”: Ukraina­da juftlik front yaqinida turmush qurdi

Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi front chizig‘i tobora yaqinlashib kelayotgan Kramatorsk shahrida 35 yoshli Tetiana va Al…
12:52 / 30.08.2026
“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball beriladi

“Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga hamda ayrim harbiy-sport musobaqalari g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga k…
10:23 / 28.08.2026
Bayram kunlarida turistik yo‘nalishlarga qatnovlar ko‘paytiriladi.

Bayram kunlarida turistik yo‘nalishlarga qatnovlar ko‘paytiriladi.

Bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiluvchilar uchun temiryo‘l, avtomobil va havo transportida qo‘shimcha qatnovla…
16:39 / 28.08.2026
Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli tijoriy binolar buzib tashlandi

Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli bo‘lgan tijoriy binolar buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
12:05 / 28.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!