Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi
Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestminster monastiri abbatlaridan biriga tegişli bölişi mumkin.
Tobut 1820-yilda topilgan bölib, dastlab Rim imperiyasi davriga, taxminan milodiy IV asrga tegişli deb baholangan. Biroq undagi skeletning suyaklari 987–1052-yillarga tegişli ekani aniqlangan. Marhum erkak bölib, vafot etganida 35–49 yoşda bölgan.
Tadqiqotçilar tobutdan ohak qoldiqlarini ham aniqlagan. Bu jasad maxsus dafn marosimi asosida kömilganini va marhum yuqori mavqega ega bölganini körsatadi.
Olimlar skelet 993–1020-yillarda abbatlik qilgan Elfvigga tegişli bölişi ehtimolini yuqori baholamoqda. Biroq uning 1020-yilda abbat bölgan Vulfnotga tegişli bölişi ham istisno qilinmagan.
Yangi tadqiqot 20-oktyabr kuni Britaniya arxeologiya assotsiatsiyasi jurnalida e’lon qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!