$
12149.55 UZS
8.64
150.44 UZS
1.03
14087.40 UZS
34.3
31° Kechasi 18°

IMEI’ni noqonuniy o‘zgartirish va nusxalashga javobgarlik belgilandi

17:44 / 22.01.2024

19-yanvar kuni prezident tomonidan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Unga ko‘ra ushbu mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlar qariyb 7 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi hamda qurilmalari musodara qilinadi. Bu haqda Spot.uz xabar berdi.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini (IMEI) yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish bo‘yicha javobgarlikni belgilovchi modda kiritilgan.

Kodeksning 155-3-moddasi bilan IMEI kodni ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, shuningdek bu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 barobaridan (5,1 mln so‘m) 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish BHMning 20 barobarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bunda, yuqoridagi har ikki holatda huquqbuzarlik sodir etilgan qurilma musodara qilinadi. Mazkur o‘zgartirishlar qonun kuchga kirgan kundan uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

2023-yilning fevralida Toshkent shahar IIBB O‘zbekistonda mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini (IMEI) ruxsatsiz o‘zgartirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli normalarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgandi.


Bu ham qiziq

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

Bu orqali u ehtimol Rossiyaning yirik onlayn savdo maydonchalaridan birini nazarda tutgan. Boshqa bir tasdiqlanmagan manbala…
16:34 / 12.10.2025
Qirg‘iziston poytaxti Manasga ko‘chishi mumkin

Qirg‘iziston poytaxti Manasga ko‘chishi mumkin

U Jalolobod nomining o‘zgarishini strategik jihatdan to‘g‘ri qaror deb atab, Manasning mamlakat rivojlanishidagi roli ortib …
17:34 / 12.10.2025
Andijonda Nexia ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi

Andijonda Nexia ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
10:56 / 13.10.2025
UFC. Charlz Oliveyra Braziliyada o‘tgan turnirda Mateush Gamrot ustidan g‘alaba qozondi

UFC. Charlz Oliveyra Braziliyada o‘tgan turnirda Mateush Gamrot ustidan g‘alaba qozondi

Avvalroq, uning turniridagi raqibi Rafael Fiziyev jarohat sabab jangda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
10:43 / 12.10.2025
Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

UzAuto Motors 13-oktyabr kuni Damas va Cobalt avtomobillari yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
14:21 / 13.10.2025
“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

“G‘azodagi urush tugaganidan hamma xursand” – Tramp

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tinchlikka erishilganidan yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham xursand b…
14:55 / 13.10.2025
Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Amerikalik taniqli aktrisa Dayan Kiton Kaliforniyada 79 yoshida vafot etdi.
17:08 / 12.10.2025
14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
18:08 / 13.10.2025
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
12:16 / 13.10.2025
Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!