AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tinchlikka erishilganidan yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham xursand bo‘lgan.
Jurnalistning “Tomonlar sulhga rioya qiladimi?”, degan savoliga Tramp bunga ishonishini aytgan.
Shuningdek, AQSh rahbari keyingi bosqichda nimalar bo‘lishi, xususan, xavfsizlikni qanday ta’minlash va G‘azoni qanday boshqarish masalalariga oid jiddiy savollarga javob berishdan bosh tortgan.
O‘zining 20 banddan iborat rejasida tasvirlangan, ammo tomonlar hali kelishmagan ko‘p millatli kuchlar ishtiroki haqidagi savolga Tramp: “Bu katta va qudratli kuch bo‘ladi. Umid qilamanki, mazkur qo‘shinni qo‘llashga to‘g‘ri kelmaydi chunki odamlar o‘zini yaxshi tutadi, hamma o‘z o‘rnini biladi” — deb javob bergan hamda u G‘azoni boshqarish uchun mo‘ljallangan o‘zining “Tinchlik kengashi” tezda tuzilishini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!